 41- . Nerv sistemasi kasalliklari

Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, yani, markaziy va periferik qismdan iborat. Ularning kasalliklari ham oziga xos xususiyatlarga ega.
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari. Bosh va orqa miyani ustidan orab turgan pardalarning yalliglanishi meningit deb ataladi. Bunda bemorning boshi ogriydi, tana harorati kotariladi, kongli aynib, qayt qiladi. Xastalik ogir kechganda bemor hushini yoqotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin.
Bosh miya toqimasining yalligianishi ensefalit deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini oz vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yalliglanishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda bemorning tana harorati kotariladi, umumiy ahvoli ogirlashadi.
Orqa miya toqimasining yalliglanishi miyelit deb ataladi. Bu kasallik kopincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qozgatadi va poliomiyelit kasalligi deyiladi - orqa miya nerv hujayralarining yalliglanishi, poli  kop degan manoni bildiradi, yani poliomiyelit orqa miya bir nechta segmentlari nerv toqimasining yalliglanishidir.
Kasallikning belgilari orqa miyaning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi azolarning sezuvchanligi va harakatlanishi susayishi yoki butunlay yoqolishidan iborat. Masalan, qo1-oyoq muskullari ishini boshqaradigan nerv hujayralari zararlansa, mazkur qol va oyoqda oldin ogriq sezilib, songra ular falajlanib qoladi. Muskullarning tarangligi yoqolib, qo1-oyoq Iattadek osilib qoladi. Yuqoridagi xastalik belgilari sezilishi bilanoq, asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Malumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari kiradi. Nerv tugunining kasalligi ganglionit, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevragiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, yani ganglionit shamollash, opkaning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, yani gripp, ichburug, ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv tugunining joylashuviga kora, osha sohada va undan chiqadigan nerv tolasini taminlaydigan toqima va organlar sohasida ogriq seziladi, mazkur organlarning ishi buziladi.
Sezuvchi nerv tolalarining yalliglanishi nevralgiya deb ataladi. Bu shamollash, gripp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati tufayli sodir boladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida ogriq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yalliglanganda yuz, koz sohasida, tishlarda kuchli ogriq seziladi.
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yalliglanishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki, kasallangan nerv bilan taminlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib, ogizning chekkasi tortilib qoladi.


PuNaSC% o 