 XII bob. OLIY NERV FAOLIYATI
42- . Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar
? Reflekslarning yuzaga kelish sabablari va xususiyatlari
Bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlogi markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bolib hisoblanadi. Odamning xulq-atvori, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bolib, u bosh miya katta yarimsharlari va ular postlogida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bogliq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namo-yon boiadi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan boglanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini taminlaydi. Odamning barcha ihtiyoriy harkatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bolishini rus fiziolog olimi I. M. Sechenov 1863 - yilda yozgan 201EBosh reflekslari kitobida korsatib otgan. Uning reflekslar haqidagi fikrlarini M. P. Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taiimotni yaratdi. U odamning oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar orqali namoyon bolishini korsatib berdi.
Refleks  tashqi va ichki muhit tasiriga odam organizmining nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir. Markaziy nerv sistemasining qaysi qismi ishtirok etishiga qarab, reflekslar ikki xil: shartsiz va shartli boiadi.

Shartsiz reflekslar. Shartsiz reflekslar hosil boiishida markaziy nerv sistemasining pastki qismlari, yani orqa, uzunchoq, orta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslar tugmadir, chunki ularning nerv yoilari bola tugilgan vaqtda ham boiadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni taminlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash (bolaning emishi), yutish, hazm qilish, najas va siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va hokazolar. Shartsiz reflekslar doimiy, yani ular odamning hayoti davomida ozgarmaydi (yoqolmaydi). Ularning soni va turi barcha kishilarda deyarli bir xil. Bu reflekslar nasldan naslga otadi.

Shartli reflekslar. Shartli refleks-larning markazi bosh miya katta yarim-sharlari postlogida joylashgan. Bu reflekslar bola tugilgan vaqtda bol-maydi, ular odamning hayoti davomida hosil boladi. Shartli reflekslarning nerv yollari ham bola tugilgan vaqtda bolmay, keyinchalik tarbiya, bilim olish, hunar organish va boshqa hayotiy tajribalar asosida hosil boladi. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida hosil boladi. Shartli refleks hosil bolishi uchun oldin shartli tasirlovchi, uning ketidan shartsiz tasirlovchi tasir etishi kerak. Masalan, itda solak ajralishiga shartli refleks hosil qilish uchun oldin shartli tasirlovchi sifatida elektr lampasi yoqilib yoki qongiroq chalinib, uning ketidan shartsiz tasirlovchi sifatida ovqat beriladi. Bu tajriba bir necha marta takrorlanishi natijasida miyaning ovqatlanish markazi bilan korish yoki eshitish markazi ortasida vaqtincha boglanish hosil boladi (70- rasm). Natijada elektr lampasi yonishi yoki qongiroq chalinishi bilanoq (ovqat berilmasa ham) itda solak ajrala boshlaydi, yani lampa yorugiga yoki qongiroq tovushiga solak ajratuvchi shartli refleks hosil boladi.
Bunda elektr lampa yorugligi bosh miya postlogidagi korish markazini qozgatadi. Ushbu qozgalish esa vaqtincha boglanish orqali miya postlogidagi ovqatlanish markazini qozgatadi. Bu markazning qozgalishi esa uzunchoq miyadagi postloqosti ovqatlanish markazini qozgatadi va uning nerv tolasi orqali solak bezlari ishini kuchaytirishi natijasida solak ajrala boshlaydi. Rasmda yoruglik tasirida oldin miya postlagidagi korish markazining qozgalishi, undagi qozgalish vaqtincha boglanish orqali postloqning ovqatlanish markaziga, undan esa uzunchoq miyadagi postloqosti markaziga tarqalishi va nihoyat, solak bezlariga otib, solak ajralishi strelka bilan korsatilgan.
Malumki, shartli refleks hosil bolgan vaqtda itga yoki odamga tosatdan boshqa bir kuchli qoshimcha yot tasir korsatilsa, uning bosh miyadagi nerv markazida kuchli qozgalish yuzaga keladi. Bu esa induksiya qonuni asosida bajariladigan refleks markazining ishini tormozlaydi va refleks vaqtincha toxtab qoladi. Shuningdek, rasmda elektr lampa yorugligi tasirida itda solak ajralishining shartli refleksi, kuchli qoshimcha yot qitiqlagich sifatida qongiroq tovushi tasir etishi natijasida eshitish markazining qozgalishi, shartli refleks markazlari tormozlanganligi va soiak ajralishi toxtab qolganligini korish mumkin. 

yB``SC%  