 45-. Mendel qonunlari. Mendelning birinchi qonuni


Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan  irsiy jihatdan bir juft beigisi bilan farq qiladigan ota-ona orga-nizmlami chatishtirishdan boshladi.

Doni sariq va yashil no'xat o'simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olinadigan birinchi avlod duragaylarning hammasida donni sariq boiadi. Qarama-qarshi belgi (donlarning yashilligi) go'yo yo'qolib ketadi. Shuningdek, doni silliq va burishgan o'simliklar o'zaro chatishtirilganda birinchi avlod (F1) silliq donli bo'lgan, qizil va oq gulli no'xatlarni o'zaro chatishtirilganda F1 (birinchi bo'g'in) qizil gulli bo'lgan. Mendelning birinchi avlod duragaylarning bir xilligi mana shunday namoyon bo'ladi. Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go'yo yo'l qo'ymaydi va F1 duragaylarning hammasi sariq (bir xil) bo'lib qoladi.

Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi dominant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni  dominantlik qonuni yoki birinchi bo'g'inda bir xillilik qonuni deb ataladi.

Ko'zdan kechirilayotgan misollarda donning sariq silliq formalari, gulning qizil rangi, donning yashil, burishgan, gulning oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Qarama-qarshi, F1da namoyon bo'lmaydigan belgi resessiv belgi deb ataladi. Dominant belgilar katta harflar bilan, misol uchun (A) resessiv belgi esa kichik harf (a) bilan belgilanadi.

Agar organizm genotipida ikkita bir xil genlar bo'lsa, bunday organizm gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm dominant (AA) yoki (BB) yoki resessiv (aa yoki bb) holatda bo'ladi.

Agar genlar bir-biridan farq qilsa, ya'ni biri dominant, ikkinchisi resessiv (Aa yoki Bb) bo'lsa, bunday genotipli orgariizm geterozigota organizm deyiladi.

Mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o'zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo'lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo'ladi.

No'xat o'simligining doni rangi (sariq va yashil) va donining shakli (silliq va burishgan) bo'igan navlarni o'zaro chatishtirib, F1 bo'g'inda olingan natijalarni ko'ramiz.



Chala dominantlik. Birinchi avlod duragaylari bir xil bo'ladi degan qonun yuqorida ko'rib chiqilgan misollarda shu bilan ifodalanadiki, duragaylarning hammasi sirtdan ona yoki otaga o'xshash, ya'ni dominantlik namoyon bo'lganda amalga oshadi. Bu hamisha ham kuzatilavermaydi. Geterozigota formalarda belgilar ko'pincha oraliq xarakterga ega bo'ladi, ya'ni dominantlik chala bo'lishi mumkin. Quyida nomozshomgul o'simligi ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko'rsatilgan. Ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki  oq. Birinchi avlod duragaylarining hammasi pushti gulli, ya'ni oraliq xarakterda bo'ladi.



Chala dominantlik keng tarqalgan hodisadir. Chala dominantlik, ya'ni oraliq irsiylanish qulupnay mevasining rangi, qushlar patining tuzilishi, andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va boshqalarda kuzatiladi. 

