6 38-.Ildam kaltakesakning tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi


Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Udam kaltakesak Orta Osiyoning chol va togoldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bolganligi tufayli uni otlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bolib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi.

Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15 - 20 sra ga yeladi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa boyni orqali tanasiga birikkan. Tumshugining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroqda - bosbining ikki yonida kozlari joylashgan (75-rasm). Kozida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga oxshash pirpiraydigan uchinchi qovogi ham boladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak kozini doimo namlab turadi. Kozlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon uogora parda tashqi quloq hisoblanadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar ormalayotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesakning tili - tuygu organi; u uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi.




Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi boladi. Oyoqlari tanaga ikki yon tomondan birikkan bolganidan tanasini dast kotarib tunnaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi.

Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar kaltakesak tumshugi va qornining ostida yirik qalqonsimon plastinkalarni, barmoqlari uchida esa otkir muguz tirnoqlarni hosil qiladi. Bunday qalin muguzli teri hayvonning osishiga xalaqit beradi. Shuning uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat tullash davrida osadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4-5 marta tullaydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bolib kochib tushib, orniga yangisi hosil boladi. Kaltakesak tanasi yangi ten qotguncha osaveradi.

Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi kop jihatdan baqanikiga oxshasa-da, ayiim organlari undan farq qiladi. Xususan, uning boshi 8 ta umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan. Kokrak umurtq alarrning har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurgalar tutashgan. Qovurgalarning ikkinchi uchi esa tosh suyagiga tutashgan. Kokrak umurtqalari, qovurgalar va tosh suyagi birgalikda kokrak qafasini hosil qiladi. Kokrak qafasida opka va yurak joylashgan.

Kaltakesak faqat opkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning opkasi baqanikiga nisbatan murakkab tuzilgan, yani opka devori koplab katakchalarga bolingan. Shu tufayli opkaning gaz almashinadigan yuzasi ancha kengaygan.

Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bolma va bitta qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan suvda harada quruqlikda yashovchilamikidan farq qiladi. Shunga qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi. KaltakesakJar sovuqqonli hayvonlar bolganidan tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bogliq. Shunga kora sovuq tushishi bilan ularning harakati susllashib. hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt bolib qoladi.

Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi suvda bamda quruqlikda yashovchilarnikiga oxshaydi. Lekin tana muvozanatini saqlaydigan va harakatini bosbqaradigan miyachasi ancha kuchli rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi.

Kopayishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilarning tuxumi urgochisi jinsiy yolida uruglanadi. Erkagining spermatozoidlari urgochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki uruglanish sodir boladi.

Bahor oyining oxiri va yozning boshlarida urgochi kaltakesak 5 dan 15 tagacha uruglangan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qoyadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq qilib komib qoyiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi kop bolib, sirti qalin pochoq bilan qoplangan. Pochoq tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak uchun oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga oxshaydigan kichik kaltakesak chiqadi.

Regeneratsiyasi. Agar yirtqich hayvon kaltakesak dumidan tutib oladigan bolsa, u duminirtg bir qismini tashlab, qochib qoladi. Uzilib qolgan dum birmuncha vaqt qimirlab turadi. Dumni uzib tashlash reflektor tarzda sodir boladi. Bu hodisa dum umurtqalaridan birining ortasidan sinishi natijasida yuz beradi. Bunda jarohatlangan joy atrofidagi muskullarning tez qisqarishi tufayli qon oqmaydi. Keyinroq dum yana qaytadan osib chiqadi, yani regeneratsiya sodir boladi.

Ildam kaltakesakning boshi harakatchan, kozida yuqori va pastki qovoqdan tashqari pirpiraydigan uchinchi qovogi ham rivojlangan. Qulogi ichki, orta va tashqi bolimlardan iborat. Ayri tili tuygu vazifasini bajaradi. Terisi muguz tangachalar bilan qoplangan, tullab osadi. Kaltakesakning oyoqlari tanasiga ikki yon tomondan birikkanligi tufayli harakatlanganida qorni yerda sudraladi. Kaltakesakning qovurgalari va kokrak qafasi rivojlangan, faqat opka orqali nafas oladi. Yuragi uch kamerali, lekin qorinchasida yarim tosiq boladi. Miyachasi nisbatan kuchli rivojlangan.

Kaltakesaklar uchun ichki uruglanish xos. Ularning tuxumi ancha yirik, sirtdan qalin pochoq bilan qoplangan, sariqligi kop boladi. Undan voyaga yetgan davrida oxshash kaltakesak chiqadi.

`YUeSC3 7 