, 44- . Oliy nerv faoliyatining asosiy shakllari
Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kahi barcha rahiy xususiyatlarini uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. OHy nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlogida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning qozgalish, tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatiga bogliq.
I. P. Pavlov kop yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qozgalish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga kora odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 turga bolgan.
1. Kuchli qozgalish, tormozlanishdan ustun bolgan muvozanatsiz tur (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez ortoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yiglab, ozidan ozi kuladigan xususiyatga ega boladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi boladi-yu, ammo xulq-atvori juda murakkab bolib, ularning tarbiyasi otaona, oqituvchilar uchun ancha qiyinchilik tugdiradi.
2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tur (sangvinik). Bu turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va ortoqlariga yaxshi munosabatda boladi.
3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tur (flegmatik). Bu tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh boladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va ortoqlari bilan munosabati yaxshi boladi.
4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qozgalishdan ustun tur (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qorqoq, mustaqil fikrga ega bolmagan, fikrlash qobiliyati past boladi.
Oliy nerv faoliyatining yuqorida korsatilgan turlari tugma, yani nasldan naslga berilgan boladi. Bu belgilar, asosan, bola-ning yoshlik davrlarida yaqqolroq korinadi, yosh kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, oqituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy tasiri natijasida ozgaradi.


ILUbSC%  