 40-.Toshbaqalar va timsohlar turkumlari


Toshbaqalar. Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa - qaiqon bilan qoplangan. Kosa qovurgalar, umurtqaiar va omrov suyaklari bilan tutashgan. Biron xavf tugilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning boyni uzun. boshi juda harakatchan boladi. Tili yogon va goshtdor, tishlari rivojlanmagan, jaglari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Kozi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Umurtqa pogooasida boyin va dum umurtqalari ozaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkan (78-rasm).



Kopchilik toshbaqalar quruqlikda, ayrim turlari suv havzalarida hayot kechiradi. Chuchuk suvda hayot kechirishga moslashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi boladi. Dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini otaydi.

Mamlakatimizning chol va adirlarida Orta Osiyo toshbaqasi keng tarqalgan. Toshbaqa yovvoyi osimliklar maysalari bilan oziqlanadi. Bazan bugdoy va beda maysalarini yeb, birmuncha ziyon keltiradi. Jazirama yoz boshlanishi bilan adirlarda toshbaqaga oziq boiadigan osimlikJar qovjirab qoladi. Toshbaqa esa kuz kirgunicha uyquga ketadi. Kech kuzda havo soviy boshlagach, u pana joylarga bekinib olib, qishki uyquga kiradi.

Ycvropaning janubida botqoq toshbaqasi uchraydi. Toshbaqa yaxshi suzadi va shongiydi; suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uzoq Sharq suv havzalarida yashaydigan terili toshbaqaning kosasi bolmaydi.

Tropik dengizlarda hayot kechiradigan dengiz toshbaqasi juda yirik, ogirligi 300 kg dan oshadi. Toshbaqa eshkaksimon oyoqlari yordamida suvda suzadi; faqar tuxum qoyish tichun qirgoqqa chiqadi.

Timsohlar turkumi. Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga oxshaydi. Tanasining uzunligi 7 m gacha boradi (79-rasm). Terisi orqa tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; orqa oyoqlari barmoqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzun dumi yordamida suzadi va shongiydi. Timsohlarning eng yirigi Nil timsohining uzunligi 7 m ga yetadi. Amerika qitasida tarqalgan alligatorlar va Hindiston gaviallarining uzunligi 6,5 m gacha boladi.



Timsohlar - yirtqich hayvonlar. Ularning kozlari va burun teshikJari boshi ustidagi maxsus boniqchalarda joylashgan. Suvda suzayotgan timsohning burun teshiklari va kozlari suvdan tashqariga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlashayotgan yirik hayvonlarni bemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib ularni tutib oladi. Urgochi timsoh qirgoqqa chiqib, ozi qazigan chuqurga onlab tuxum qoyadi va kopincha tuxumlarini qoriqlaydi. Tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi. Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ularning opka boshligi tosiqlar bilan koplab kameralarga bolingan, yuragi esa tort kamerali. Lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan song aralashib ketadi.

Timsohlar terisi yuqori baholanadi. Terisidan chiroyli portfel, sumka va oyoq kiyimlari tikiladi. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Kubada timsohlar maxsus hovuzlarda kopaytiriladi.

Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi. Sudralib yuruvchilar qadimda suvda hamda quruqlikda yashovchiiardan kelib chiqqan. Bundan 300 mln yil oldin yer yuzida iqlimining tobora quruqlashib borishi tasirida suvda yashovchilar quruq iqlimga inoslashib borgan: ularning terisi qalinlashgan; opkasi kengayib, tcri nalas olishda ishtirok etmaydigan bolib qolgan. Tuxumlarining posti ham qalinlashib, ular quruqlikka tuxum qoya boshlashgan. Ulardan hozirgi sudralib yuruvchilar paydo bolgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning boshqa bir qismi ozgarib, ulardan hozirgi dumlilar va dumsizlar kelib chiqqan.

Sudralib yuruvchilar  quruqlikda yashashga moslashgan hayvonlar. Ularning terisi quruq bolib, muguz tangaclialar yoki qalqon bilan qoplangan. Oyoqlari tanasining ikki yonida joylashganligi va tanasini dast kotarib turmasligi tufayli ular yurganida qomi yerda sudraladi; uzun dumi ham harakatlanishga yordam beradi. Sudralib yuruvchilar faqat opka yordamida nafas oladi. Ular uchun ichki uruglanish xos. Sudralib yuruvchilar luxumi yirik va sariqlikka boy boladi. Tuxumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan davriga oxshaydi. Barcha sudralib yuruvchilar - tullab osadigan sovuqqonli hayvonlar. Ular qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilardan kelib chiqqan. Sudralib yuruvchilar sinfiga 6000 ga yaqin hayvonlar turi kiradi. Ular tangachalilar, toshbaqalar va timsohlar turkumlariga ajratiladi
8.4.QUSHLAR SINFI


Qushlar - havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar.

Siz ushbu tnavzu bo yicha qushlarning pat qoplami, skeleti, muskullari va ichki organlari tuzilishining havoda parvoz qilishga moslashganligi, ularning kopavishi, rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy hodisalarga moslanishi, sistematik guruhlari va asosiy turlarining hayoti, parrandalarning tabiatda va xalq xojaligidagi ahamiyati togrisida tushunchaga ega bolasiz.

Qushlarning tuzilishi kok kaptar misolida organiladi.

QEw`SC3  