 45- . Nutq va fikrlash
? Hissiyot, xotira
Yuqorida aytilganidek, korish, eshitish, hid sezish, ovqat tamini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal tizimi bolib, ular odamda va yuksak hayvonlarda deyarli har xil. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning tasiri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi.
Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqi unda ogzaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq qitiqlagich sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qilish xossasiga ega.
Odamning gapirish xususiyati taxminan 500 ming yil ilgari paydo bola boshlagan. Ibtidoiy ajdodlarimiz yashash, ozini himoya qilish uchun oldingi oyoqlaridan qol sifatida foydalana boshlab, ularning gavdasi vertikal holatda yurishga ota boshlagan. Shundan song ularda bir-biri bilan soz orqali munosabatda bolish zarurati tugilgan. Bu esa ularda lab, til, hiqildoq kabi organlarning tuzilishi va funksiyasi ozgarishiga sabab boigan. Asta-sekin gapirish xususiyati paydo bolgan. Nutqning rivojlanishi esa odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlari yanada kopayishiga, ong rivojlanishiga sabab boldi. I.P. Pavlov 201ENutq bizni odam qildi, degan edi.
Ogzaki va yozma nutq bosh miya postlogidagi nerv markazlarida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida bilim olamiz, kasb va hunar organamiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bogliq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning manosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi, oz fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz.
Nutq ikkinchi signal tizimi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal tizimi asosida paydo bolib rivojlana boshlaydi. Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta sozni ayta oladi, ikki yoshda uning soz boyligi 300 taga, uch yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga yetadi. Bolaning soz boyligi uning sogligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bogliq.
Odamning nutqi tarbiya, oqish, bilim olish jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib oqish, sher aytish, qoshiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol oynaydi. Nutqning rivojlanishi, oz navbatida odamning oqishi, bilim olishi, hunar organishiga, fikrlash qobiliyati va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imkon beradi.
Odam xulq-atvorining ijtimoiy shartlanganligi. Odam sezgi organlari orqali tashqi muhitning xilma-xil korinishlarini, tasirini qabul qilib, ular haqida fikrlashi tufayli ozida tushuncha hosil qiladi. Shuning uchun ham bolaning fikrlash qobiliyati, ongi, xulq-atvori shakllanishida uning yashash, tarbiyalanish, oqish sharoiti, atrofdagi kishilar, ota-ona, tarbiyachi, oqituvchilar hamda boshqa ijtimoiy sharoit muhim orin tutadi.
Hissiyot. Atrofdagi voqealarga, oqigan kitoblarga, tinglagan musiqaga va leksiyaga, tomosha qilingan kinofilm yoki spektakllarga, boshqalar bilan bolgan muloqotga odamda turli hissiyot (emotsiya) paydo boladi. Masalan, jiddiy oylash holatlari, xursandchilik yoki nafratlanish, qaygu yoki kulgi, yiglash, osoyishtalik kabilar. Bu holatlar paydo bolishida har bir odamning oliy nerv faoliyatining xossasi muhim orin tutadi. Binobarin, malum bir voqeaga bir odamda osoyishtalik, oylash holati paydo bolsa, ikkinchisida bezovtalanish, qaygurish holati yuzaga keladi.
Hissiyot ikki xil: musbat va manfiy boladi. Musbat hissiyot  xursandchilik, kulgi, qoniqish, yaxshi kayfiyat kabilar; manfiy hissiyot  qaygurish, qorqish, taajjublanish, yiglash kabilardir (71-rasm).
Xotira. Malumki, tashqi va ichki muhit tasirida markaziy nerv sistemasida, xususan, bosh miya katta yarimsharlari postlogining nerv hujayralarida, oliy nerv markazlarida qozgalish paydo boladi. Bu qozgalish malum vaqtdan keyin sonadi, lekin uning izi qoladi. Ana shu nerv markazlarida qolgan tasir izi xotira deb ataladi. Demak, xotira turli voqealarning odam korgan-kechirganlarining, bajarilgan ishlarning malum vaqt davomida eslab qolinishidir.
Xotira qisqa va uzoq muddatli boladi. Qisqa muddatli xotirada tasirning izi juda oz vaqt davomida saqlanadi. Bir vaqtning ozida odam yettitagacha har xil tasirotni qisqa muddat davomida eslab qolishi mumkin. Masalan, ayrim sozlarni, raqamlarni, buyumlarning xususiyatlarini va hokazo. Albatta, bunda har bir odam nerv sistemasining individual xususiyatlari, tajribasi, malakasi kabilar muhim rol oynaydi.
Uzoq muddatli xotirada tasirning izi miya hujayralarida uzoq muddat davomida, bazilari umr boyi saqlanadi. Sodir bolgan voqealarning eslab qolinishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy boladi. Ixtiyorsiz eslab qolish odamning xohishiga bogliq emas, bunda odam uchun ahamiyatga ega bolmagan bazi otkinchi, tasodifiy tasirlar malum vaqt davomida saqlanib qoladi. Ixtiyoriy eslab qolishda odam tashqi muhitdagi voqealarni, tasirni tanlab, ularning kerakligini, zaru-rini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar, tasirlar kop bolganida ularning hammasi esda qolmaydi. Kop yoki oz voqea va tasirini eslab qolish va ularni oz yoki kop muddat davomida saqlash har bir odamning individual qobiliyatiga hamda voqealarning ahamiyatiga bogliq. Bundan tashqari, har bir tasir (axborot, voqea) qancha kop takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga, har bir odam nerv sistemasining xususiyatlariga kora voqealarni eslab qolishi har xil boladi.


tcn`SC% . 