  46- . Uyqu va uning ahamiyati
? Uyquning fiziologik tabiati. 
Uyqu bosh miya katta yarimsharlari postloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil boladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yoqoladi, yani korish, eshitish, hid va tam bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz ogriqni sezish xususiyatlari deyarli yoqoladi. Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos boigan flkrlash, ong, tashqi muhitdagi voqealarni, ozgarishlarni sezish, ular togrisida xulosa qilish qobiliyati deyarli yoqoladi. Shartli reflekslar hosil bolmaydi. Shuni takidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasining quyi qismlari, yani orqa miya, uzunchoq, orta, oraliq miya-dagi markazlarning ish faoliyati butunlay yoqolmaydi. Malum darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini taminlaydigan organlar (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistemasi kabilar) ishini boshqaradi. Shuning uchun uyqu vaqtida bu organlarning ishi pasayadi xolos.
Uyqu xillari. Odamda uyquning quyidagi turlari bolishi mumkin: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik, narkotik uyqu va uyqu kasalliklari.
Tabiiy fiziologik uyqu har kungi tundagi normal uyqudir. Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha boladi. Chaqaloqlarda bir kecha-kunduzda 2122 soat, 1 yoshli bolada 1617 soat, 67 yoshda 1213 soat, 1314 yoshda 9,5 10 soat, kattalarda  8 soat.
Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil sozlari va harakatlari tasirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya yarimsharlarining postloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki malum qismi tormozlanadi. Gipnozlash usuli bazi ruhiy kasalliklarni davolashda qollaniladi.
Narkotik uyqu har xil kimyoviy dori moddalari tasirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
Uyqu kasalliklariga oyparast (lunatik), letargiya uyqusi va uyqusizlik kiradi.
Oyparast kasalligida odam tungi uyqu vaqtida kechasi ornidan turib uydagi buyumlarni yigishtiradi, ornini ozgartiradi, derazani ochadi, hovliga chiqadi, bazilari esa devorga chiqadi, hatto kochaga chiqib ketib, yana qaytib kelib orniga yotadi va uyquni davom ettiradi. Ertasi kuni hech narsani eslay olmaydi.
Letargiya uyqusi  bu kasallik holati bolib, odamda tosatdan yuzaga keladi. Odam chuqur uyquga ketadi. Uning nafas olishi va yurak urishi sekinlashib, hatto sezilmaydigan darajada boladi.
Tush korish  uyquda sodir boladigan subyektiv-psixik hodisa. Chuqur uyqu vaqtida bosh miya postloq qismining nerv hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush korilmaydi. Uyqu yuzaki bolganida bosh miya postlogining ayrim qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi korish markazining nerv hujayralari toliq tormozlanmaydi, yani ularning bazilari kuchsiz qozgalish holatida boladi. Ana shu vaqtda tush korish sodir boladi. I. M. Seche-nov Tush korish  bu odam korgan-kechirganlari tasirining uyqu vaqtida aralash-quralash holdagi korinishidir, degan edi.
Ayrim hollarda odamning tushiga hech qachon kormagan, eshitmagan, oylamagan hodisalar kiradi. Buning sababi shundaki, odam oz hayotida hamma korgan-kechirgan voqealarni, oz istak va intilishlarini eslab qola olmaydi, lekin ular bosh miya hujayralarida iz qoldiradi. Bu izlar uyqu vaqtida tiklanib tushga kiradi.
Bazan odam tushida ozi kasal ekanligini koradi va kop vaqt otmay kasal boladi. Buning sababi shundaki, kopchilik kasalliklar asta-sekin boshlanadi. Boshlanish davrida kasallik belgilari kuchsiz boladi. Uygoqlikda odamning sezgi organlariga atrof-muhitdan juda kop omillar tasir etadi va uning bosh miyasidagi sezgi markazlari ana shu tasirni qabul qilish bilan band boladi. Oz organizmida sodir boiayotgan kasallikning kuchsiz belgilarini sezmaydi. Uyqu vaqtida esa bosh miyaning sezgi markazlari tashqi muhit tasiridan holi bolganligi uchun ular organizmdagi kuchsiz kasallik belgilarini qabul qilish imkoniyatiga ega boladi va ular tush bolib korinadi.

abg`SC% S 