 42-.Kok kaptarning skeleti va muskullari


Skeleti. Kok kapta va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa pogonasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlari skeletidan iborat (83-rasm). Skeletining tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning boshligi havo bolganligi tufayli juda yengil boladi. Bir qancha suyaklar qoshilib osganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam boladi.





Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik koz kosasi, yuqori va pastki jaglardan iborat. Jaglar muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan; tishlar bolmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag harakatchan boladi.

Umurtqa pogonasining boyin boiimi uzun bolib, ozaro harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshini orqaga 180 ga burushi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cholqilashi mumkin. Kokrak umurtqalari ozaro harakatsiz birikkan. Bel, dumgaza va dum umurtqalari ozaro birikib, yagona dumgaza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch boladi. Umurtqa pogonasining kokrak bolimi qovairgalar va tosh suyagi bilan birga kokrak qafasini hosil qiladi. Tosh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiqqa oxshash kokrak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiradigan muskullar birikadi. Qovurgalarning bir uchi kokrak umurtqalari, ikkinchi uchi tosh suyagi bilan harakatchan qoshilgan.

Qanotlar kamari kokrak tirgak, kurak va omrov suyaklaridan iborat, Omrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrim hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qanotida faqat uchta barmoq boladi, bu bilan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh barmoqli oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi bir necha mayda panja suyaklar qoshilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining kamayishi va mayda suyaklarining qoshilishi tufayli panja suyagi mustahkam boladi. Qushlar uchganida eng kop ogirlik ana shu suyakka tushadi.

Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Bu suyaklar umurtqa pogonasining bel va dumgaza bolimlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz qoshilib ketgan.

Kaptar oyoqlarining skeleti yogon son, ikkita boldir hamda ilik va bannoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bolib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil boladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan dast kotarib turadi va qonayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.

Muskullari. Bir juft katta kokrak muskullari qushlar tanasidagi eng yirik muskullar hisoblanadi. Massasi boshqa barcha muskullar massasiga teng keladi. Kokrak muskullarining bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi kokrak toj suyagiga birikadi. Katta kokrak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. Bu muskullarning ostida joylashgan birmuncha kuchsiz omrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar kotariladi.

Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bogimlari orqali paylar otgan. Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush shohga qonganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam u hlab turadi Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bcmalol otirishi va yiqilib tushmasdan uxlashi mumkin

Qushlarning uchishga moslanganligi skeletning yengil va pishiq bolishi bilan bogliq. Qushlarning naysimon suyaklari uchi havo bilan tolgan; tishlari bolmaydi; jaglari muguz tumshuqqa aylangan. Tosh suyagining pastki uchi kengayib, qanot muskullari birikadigan krak toj suyagini, qanotidagi bir necha panja suyaklar birikib, qanot panja suyagini hosil qiladi. Bel, dumgaza va dum ozaro harakatsiz birikkan; chanoq oyoqlar uchun tayanch boladi. Oyogidagi bir necha suyaklar birikib, faqat qushlar uchun xos bolgan ilik suyagini hosil qiladi.

MI[aSC3  