
 50-. Muvozanat organi (vestibular analizator)
? Muvozanat organining ahamiyati
Muvozanat organi vestibular analizator deb ham ataladi.
U odam tanasining fazoda malum muvozanatda bolishini taminlaydi. Tik turganda, yurganda, yugurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga kotarilganda va pastga tushganda, argimchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, har xil transportda yurganda, yani fazoda odam tanasini eng oddiy holatdan eng murakkab holatga otganda tanasining muvozanatini taminlivchi asosiy organ vestibular (apparat) analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yoqoladi. Bu analizator juda qattiq zararlangan bolsa, odam hatto orindan turganida uning boshi aylanadi, kozi tinadi, kongli ayniydi, u tezda otirishga yoki yotishga majbur boladi. Vestibular analizator kuchsiz zararlanganda odam murakkab harakatlarni, yani tez yugurish, sakrash, ayla-nish, zinaga chiqib-tushish kabilarni bajarganda tanasini muvozanatda tutib turishi qiyinlashib, ozini noxush sezadi.
Agar yoshligidan boshlab odamning vestibular analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, uning ishi malum darajada pasayadi. Bu, ayniqsa, odam tanasi fazoda murakkab holatlarda bolganida seziladi.
Chunonchi, mototsiklda, avtomashinada tez yurganda, karuselda aylanganda, har xil transport vositalarida yurganda boshi aylanadi, kongli ayniydi, yuragi tez urib, rangi oqaradi, bazida hatto xu-shini yoqotishi mumkin.
Muvozanat organining tuzilishi. Yuqorida eshitish organining turilishi bayon etilganda, chiganoqning ichida eshitish retseptorlari, dahliz va yarimaylana kanalchalar ichida esa vestibular analizatoming sezuvchi hujayralari (retseptorlar) joylashgan deb aytilgan edi (81-rasm). Retseptorlarning qozgalishi vestibular nervga otib, miya koprigidagi postloqosti muvozanat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarimsharlari postlogidagi muvozanat markaziga bo-radi.
Muvozanat organining ishi. Odam tanasining turli xil harakat-larida vestibular analizator retseptorlari qozgaladi. Harakat tezligi qancha yuqori bolsa, retseptorlar shuncha kuchli qozgaladi. Shuni takidlash kerakki, ichki quloqning yarimdoira kanalchalari va xaltasimon tuzilmalardagi retseptorlarning har qaysisi malum bir harakatlarda qozgalish xususiyatiga ega. Odamning muvozanat organi normal rivojlangan va soglom bolsa, uning turli xil murakkab harakatlari, fazoda turli holatlarda bolishi noxush hollarni yuzaga keltirmaydi. Bu organ yaxshi chiniqtirilgan bolsa, odam har qanday silkinish, tebranish, aylanish harakatlariga va samolyotda uchish-ga, suv kemalarida yurishga bardoshli boladi.
Muvozanat organi funksiyasining buzilishi. Muvozanat organining funksiyasi har xil kasalliklar, shikastlanish hamda bu organning yoshlikdan chiniqtirilmaganligi tufayli buziladi. Odam harakati biroz tezlashganda, aylanganda, tebranganda, transportda yurganda bosh aylanishi, koz tinishi, yurak urishi tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi, kongil aynishi va qusish, bazan esa hatto xushdan ketish mumkin.
Vestibular analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur. Bolani beshikda va belanchakda tebratish, songra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport oyinlari bilan shugullanish, raqsga tushish kabilar bu organni chiniqtiradi.


rZiaSC%  