 47-.Suv havzalari va sohil qushlari


Suv qushlari. Suv qushlari hayotining kop qismini suvda suzib otkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan boladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv otkazmaydigan tigiz qoplagichni hosil qiladi. Qushlar dumgaza bezlari ajratib chiqaradigan yogsimon suyuqlikni tumshugi bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi.Suv havzalarida yashovchi qushlarning kopchiligi suvda chaqqon suzadi va shongiydi, ozigini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va besonaqay harakatlanadi.

Gozsimonlar turkumi. Bu turkumga ordaklar, gozlar va oqqushlar kiradi (93-rasm). Ular tumshugining qirrasi boylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tumshugining uchi esa kengaygan. Gozsimonlarning tuxumdan chiqqan jojalari urgochisi orqasidan ergashib yuradi.

Ordaklar suv tubidagi balchiqni tumshugidagi muguz plastinkalari orqali sizdirib otkazib, undan mayda jonivorlar va osimliklarni ajratib oladi. Orta Osiyo suv havzalarida yovvoyi ordak, churrak, suqsun uchraydi. Yovvoyi ordak erkagining boshi toq yashil, boyni oq; urgochisining tumshugi qizgish, dumi oqish boladi. Ular kuzda qishlov joylariga uchib ota boshlaydi. Ordaklar Osiyoning janubi, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika, shuningdek, olkamiz janubidagi suv havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar boyidagi qamishzorlar va qalin otlar orasiga uya quradi. Yovvoyi ordak, churrak, suqsun va boshqa ordaksimon qushlar ovianadi. Yovvoyi ordak xonaki ordakning naslboshisi hisoblanadi.






Gozlar ordaklarga nisbatan yirikroq; erkagi va urgochisi bir xil rangda boladi. Ular osimliklar bilan oziqlanadi. Baquvvat tumshugi chelidagi otkir muguz plastinkalari yordamida osimliklarai qirqib olib yeydi. Ozbekistonda xonaki gozlarning ajdodi bolgan kok goz in qurib, bola ochadi. Bu qush Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi oqimlarida uchraydi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Orta Osiyo suv havzalarida qishiaydi. Gozlar goshti uchun ovlanadi.

Pingvinlar turkumi. Pingvinlarning qanoti kalta va ingichka bolib, eshkakka aylangan. Oyoqlari tanasining keyingi qismiga birikkanligi uchun quraqlikda yurganida tanasini tik tutadi. Eshkak qanotlar yordainida ular soatiga 30 km tezlikda shongiy oladi. Pingvinlar Antarktida, Tinch okeanidagi ayrim orollar, Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrika sohillarida tarqalgan. Baliqlar va yirik qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari, masalan, imperator pingvinining boyi 120 sm, vazni 45 kg keladi. Pingvinlar koloniya bolib in quradi. Ular sovuqqa juda chidamli. Imperator pingvini qishda 60 - 70C sovuqda tuxum qoyib, bola ochadi.

Sohil qushlari. Sohil qushlari suv havzalarining sayozliklari, sohil yaqini va botqoqliklarda oziqlanadi. Kopchiligining boyni va oyoqlari uzun boladi. Shuning uchun ular sayozliklarda va balchiqda yaxshi yuradi; tumshuqlari yordamida ozigini oladi: lekin suvda suzolmaydi.

Laylaksimonlar turkumi. Laylaklar ancha yirik, oyoqlari va tumshugi uzun qushlar. Oq laylakning qanotlari keng va qora, oyoqlari uzun va qizil boladi. Uzun oyoqlari unga balchiqda bemalol harakatlanishiga va suvning ancha ichkarisiga kirib borishiga imkon beradi. Laylaklar qishlash uchun Afrikaning markaziy va janubiy hududlari, Markaziy Amerika va Janubiy Osiyoga uchib keladi. Oq laylak yirik daraxtlarning shoxlariga yoki eski binolarning tomiga uya quradi; baqalar, sichqonlar, turli hasharotlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. U juda foydali qush bolgani va soni kamayib ketganligi uchun muhofaza qilinadi.

Suv qushlarining zich joylashgan va yoglanib turadigan patlari va yumshoq parlari ularni sovuqdan saqlaydi, patlarga nam yuqtirmaydi. Qushlarning oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi boladi. Ular suvda yaxshi suzadi. Lekin quruqlikda besonaqay harakatlanadi. Suv qushlariga gozsimonlar va pingvinlar turkumi kiradi. Sohil qushlari suv havzalarining sayozliklarida yashaydi. Ularning oyoqlari va tumshugi uzun bolib, balchiqda yurish va oziqlanishga moslashgan. Sohil qushlariga laylaksimonlar misol boladi.

Pbh`SC3 5 