H 49-.Parrandachilik


Xonaki parrandalar zotlarining xilma-xilligi. Qishloq xojalik mahsulotlari yetishtirish maqsadida xonaki parrandalardan tovuq, goz, ordak, kurka, bazan bedana boqiladi. Xonaki parrandalar inson ehtiyoji uchun zarur bolgan xususiyatlariga kora bir-biridan farq qiladigan zotlarga ajratiladi. Zotlar odamlar tomonidan suniy yaratilgan xonaki hayvonlar bisoblanadi.

Tovuqlar. Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng kop boqiladi (95-rasm). Hozirgi tovuq zotlari tropik ormonlarda yashaydigan yovvoyi bankiv tovuqlaridan kelib chiqqan. Bundan taxminan 4500 yil ilgari qadimgi Hindistonda bankiv tovuqlari xonakilashtiril a boshlangan. Beradigan mahsulotlariga kora hozirgi tovuqlar gosht, gosht-tuxum va tuxum yonalishidagi zotlarga ajratiladi. Zotlar tashqi korinishi bilan bir-biridan farq qiladi.



Tuxum yonalishidagi zotlardan rus oq tovugi va Lekgorn zot tovuq boqiladi. Ular nisbatan kichik bolib, ogirligi 1,6 - 2,4 kg keladi, lekin tez voyaga yetadi va har qaysisi yiliga 200 - 300 tadan yoki undan ham koproq tuxum qiiadi. Bunday tovuqlar 5-6 oyda tuxumga kiradi, tuxum]ari 50 - 65 g keladi.

Tuxum-gosht yonalishidagi tovuq zotlari (Zagorsk, Nyugempshir, Pervomaysk) birmuncha yirikroq bolib, ogirligi 2,5 - 4,0 kg keladi. Tuxumlari mayda, tullash davrida (15 - 20 kun) tuxum qilmaydi.

Gosht yonalishidagi tovuqlar (Kornuel, Plimutrok zotlari)ning ogirligi 3,0 - 4,5 kg ga yetadi, kam tuxum qiladi. Ular faqat broyler olish uchun boqiladi, ikki oylik jojalarining ogirligi 1,6 kg va undan ortiq keladi.

Ordaklar. Yovvoyi ordak bundan 3000 yil oldin xonaki1ashtirilgan. Xonaki ordak tuxumining tami uncha yaxshi boImaganligt tufayli, odatda, gosht olish maqsadida boqiladi. Ularning Moskva, Pekin, Ukraina zotlari kopaytiriladi. Ordaklarning ikki oylik jojalari ogirligi 2,6 kg va undan ham koproq keladi,

Gozlar. Xonaki gozlar yovvoyi kulrang gozlardan kelib chiqqan. Ular xonakilashtirish oqibalida yiriklashib, uchish qobiliyatini yoqotgan. Xonaki gozlar gosht va momiq par olish uchun boqiladi.

Kurka zotlari Amerika qitasida yashagan yovvoyi kurkadan kelib chiqqan. Kurkani Amerikadagi mahalliy xalqlar qolga orgatishgan. Bu parranda XVI asrda Yevropaga olib kelingan. Kurka xonakilashtirilgan parrandalar orasida eng yirigi bolib, vazni 16 kg ga boradi.

Parrandachilik sanoati. Ozbekistonda aholini parrandachilik mahsulotlan bilan taminlash uchun parrandachilik fabrikalari va naslchilik zavodlari tashkil etilgan. Fabrikalarda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan. Har bir fabrikada nasl beruvchi (erkak va urgochi) va tuxum qiluvchi parrandalar, joja ochirish (inkubatsiya) sexlari hamda tuxum va gosht ishlab chiqarish, chiqindilarga ishlov berish sexlari boladi. Gosht yetishtiriladigan fabrikalarda bundan tashqari, gosht uchun boqiladigan, yani jojalar (broylerlar) ostiriladigan sex ham boladi. Bu sexda jojalar ogirligi 1,4 - 1,5 kg ga yetguncha 60 - 70 kun boqiladi. Broyler goshti yumshoq va mazali, yogi m boladi.

Parrandachilik fabrikalari da tovuqlar maxsus kataklarda asraladi; oziq ifloslanmasligi uchun donxorak va suvdon katakdan tashqarida joylashgan novga qoyiladi. Maxsus apparatlar sexda harorat, namlik va kun uzunligini boshqarib turadi. Qishda bino suniy yoritiladi, kun uzayganida tovuqlar koproq tuxum qiladi. Jojalar maxsus inkubatorlarda ochiriladi.



Qishloq xojaligi mahsulotlari olish maqsadida tovuqlar, ordaklar, gozlar. kurkalar boqiladi.

Xonaki tovuqlar tropik ormonlarda yashaydigan yovvoyi bankiv tovugidan, ordaklar - yovvoyi ordakdan, gozlar - yovvoyi kulranq gozdan kelib chiqqan. Kurkalar Amerikadagi mahalliy xalqlar tomonidan xonakilashtirilgan. Parrandachilik mahsulotlari parrandachilik, fabrikalarida yetishtiriladi.
8.5.SUTEMIZUVCHILAR SINFI


Sutemizuvchilar - yuksak tuzilgan issiqqonli hayvonlar. Sutemizuvchilarning tuzilishini it misolida organamiz.

Siz ushbu mavzuni  qib, sutemizuvchilarning tuzilishi,  payishi, rivojlanishi, asosiy sistematik guruhlari va turlarining tarqalishi, xalq xojaligi va tabiatdagi ahamiyati togrisida tasavvurga ega bolasiz.
 

A`g`SC3 Z 