 54- . Uruglanish va homilaning rivojlanishi

Odamning hayoti ona organizmida ikkita jinsiy hujayraning, yani tuxum hujayra bilan spermatozoidning qoshilishidan boshlanadi. Bu ikki hujayraning qoshilishidan bitta yangi hujayra, yani yangi organizm bunyod boIadi.
Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har birida 23 tadan xromosoma bolib, ularning 22 tasi ota va ona organizmining irsiy belgilarini bolaga otkazadi. Bu ikkala jinsiy hujayralardagi jami xromosomalarda minglab genlar bolib, ular yangi bunyod bolgan organizmning tuzilishini va funksional xususiyatlarini belgilaydi.
Bunyod bolgan bolaning jinsi ayol va erkak jinsiy hujayralarining 23 nchi xromosomasiga bogliq. Ayol jinsiy hujayrasidagi 23 nchi xromosoma iks(X) iks bolib, erkak jinsiy hujayrasidagi 2-3 nchi xromosoma iks yoki igrik (X yoki Y) boIadi. Iks xromosomali spermatozoid tuxum hujayra bilan qoshilsa, bola qiz boIadi, igrek hromasomali spermatozoid qoshilganda esa bola ogil boIadi.
Shunday qilib, bunyod boigan bolaning jinsi otaning jinsiy hujayrasiga bogiiq, ammo bu uning ixtiyoriga yoki xohishiga bogliq emas.
Ayol va erkak jinsiy hujayralari tuxum yolida qoshilishidan bitta hujayra, yani yangi organizm hosil boladi, unda 46 ta xromosoma boladi. Bu hujayra paydo bolgandan boshlab bir hafta davomida tuxum yolida bolinib kopaya boshlaydi va asta-sekin tuxum yolidan siljib bachadon boshligiga otadi, uning devoriga birikib rivojlana boshlaydi.
Bachadon boshligiga otgan homilaning tashqi qismidan qon tomirlariga boy bolgan maxsus hujayralar birikmasi (yoldosh) hosil bolib, u orqali homila bachadon devoriga birikadi (82- rasm). Mazkur hujayralardan kindik shakllanib, undagi arteriya va vena qon tomirlari orqali bola ona organizmining qon tomirlari bilan tutashadi. Yoldosh homilani oziqlantirish bilan birga, uni ona organizmidagi zararli kimyoviy moddalar, mikroblar tasiridan malum darajada himoya qilib turadi. Yoldoshning shikastlanishi, uning bachadon devoridan ajralishi homilani xavf ostida qoldirishi mumkin.

Homila usti yupqa (amnion) parda bilan qoplanib, uning boshligi amnion suyuqligi bilan tola boladi. Bu suyuqlik homila organi-zmida moddalar almashinuvi jarayoni normal otishida, uning erkin harakatlanishida va tashqi noqulay tasirlardan himoyalanishida muhim rol oynaydi (83- rasm).
Boyining uzunligi 35 sm, tanasining vazni 1000 - 1300 g atrofida boladi.
Shunday qilib, ota va onaning jinsiy hujayralari qoshilishidan bunyod bolgan yangi organizm (homila) bir hafta davomida tuxum yolida, ikkinchi haftadan boshlab bachadonda 9 oy rivojlanadi.
Homila vujudga kelganining uchinchi haftasida uning hujayralari uch qavatga ajraladi. Tashqi qavat - ektoderma, ichki qavat - endoderma va orta qavat - mezoderma. Bu qavatlarning har biridan homilaning har xil toqima va organlari shakllanadi.
Homila rivojlanishining 23-kunidan boshlab uning yuragi va katta qon aylanish doirasi ishlay boshlaydi. Ammo uning opkasi va kichik qon aylanish doirasi embrional rivojlanish davrida ishlamaydi, u kindik qon tomirlari orqali ona organizmi hisobidan kislorod bilan taminlanadi. Bola tugilgan zahoti kindigi kesilib, u ona organizmidan ajratiladi va shu vaqtdan boshlab uning opkasi va kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi.


CCDaSC% F 