 51-.Itning ichki tuzilishi


Hazm qilish sistemasi. Hazm qilish organlari ogiz boshligi, halqum, qizilongach, oshqozon hamda ingichka, yogon va togri ichakdan iborat (98-rasm). Itning ogiz boshligida tishlari va tili joylashgan. Tili yordamida ular oziqning tamini aniqlaydi. Ogiz boshligida solak bezlaridan ajralib chiqadigan solak oziqni hollaydi. It tili yordamida oziqni solak bilan aralashtiradi. Ogizda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan aralashib, qisman hazm boladi va ichakka otadi. Ichakda oziq ichak va oshqozonosti bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi hamda jigardan ajraladigan ot suyuqligi tasirida hazm boladi. Oziqning hazm bolmagan qismi yogon ichakka tushadi, u yerdan togri ichak va anal teshigi orqali tashqariga chiqib kctadi (98-rasm).

Nafas olish sistemasi. Havo burun boshligi, hiqildoq, kekirdak va bronxlar orqali kokrak qafasida joylashgan opkaga kiradi. Kokrak qafasi diafragma parda orqali qorin boshligidan ajralgan. Nafas olganda qovurgalar kotarilib, diafragma qorin boshligiga suriladi. Buning natijasida kokrak qafasining hajmi oshadi, atmosfera bosimi tasirida havo opkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda qovurgalar pasayib, diafragma gumbaz shaklida kokrak boshligiga kotarilishi tufayli kokrak qafasi torayadi va havo opkadan chiqib keladi.



Qon aylanish sistemasi. Sutemizuvchilar yuragi tort bolmali bolib, ikkita qorincha va ikkita bolmadan tuzilgan (99-rasm). Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Sutemizuvchilar - qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan.



Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin boshligida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bolgan siydik ikkita siydik yoli orqali qovuqqa tokiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlanganfigi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi ham juda jadal boradi. Sutemizuvchilar ham qushlar singari tana harorati doimiy, issiqqonli hayvonlardir. Biroq tana harorati qushlarnikiga nisbatan biroz pastroq boladi. It tanasi harorati ortacha 37  38 0C ga teng.

Bosh miyasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi ham boshqa umurtqali hayvonlarniki singari beshla bolimdan iborat (100-rasm). Ammo oldingi miya katta yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan bolib, ularning postlogi burmalarni hosil qiladi. Burmalar qancha kop bolsa, miya postlogida shuncha kop hujayralar boladi. Hayvonlar hayoti davomida hosil boladigan xilma-xil shartli reflekslar miya postlogining faoliyati bilan bogliq.





Sezgi organlari. Sutemizuvchilarning hid bilish, eshitish, korish, tam bilish va tuygu organlari boladi. Lekin sezgi organlari turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Quruqlikda yashaydigan hayvonlar hidni yaxshi ajratadi. Hayvonlar hid orqali oz turidagi boshqa hayvonlarni, bolalarini, jinsini, oljasi yoki dushmanini ajratib oladi. Doyimo suvda yashaydigan delfinlar va kitlar hidni yaxshi sezmaydi, biroq oljasining hidini tez payqaydi. Tuproqda yashaydigan korsichqonlarning kozi ojiz boladi.

Sutemizuvchilar eshitish organining ichki, orta va tashqi bolimlari boladi. Tashqi quloq quloq suprasidan va tovush otkazadigan yoldan iborat. Quloq suprasi tovushni kuchaytirish va uning yonalishini aniqlab olishga yordam beradi. Korish organlari qushlarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan. Biroq ularning kozlari narsalar shaklini yaxshi ajratadi. Maymunlar va odamlar esa narsalarning rangini qushlarga nisbatan yaxshi ajratadi.

Sutemizuvchilarning terisi tuygu vazifasini ham bajaradi. Hayvonlarning

terisida ogriq, harorat va narsalar holati (suyuq, qattiq, yumshoq) ni sezuvchi tuygu organlari joylashgan. Tananing turli joylaridagi uzun va yogon qillar ham tuygu organlari hisoblanadi. Bunday qillar kopincha burun teshiklari va kozlar yaqinida joylashganligidan moylovlar ham deyiladi.



Sutemizuvchilarning hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, nerv sistemalari rivojlangan. Ogizda oziq maydalanib, solak bilan aralashtiriladi va ichakda hazm boladi. Kokrak qafasi diafragma parda bilan qorin boshligidan ajralgan. Ayirish organlari qorin boshligidagi bel umurtqalari ikki yonida joylashgan bir juft loviyasimon buyraklardan iborat. Bosh miyasining oldingi miya tt yarimsharlari postlogi burmalar hosil qiladi. Sutemizuvchilar reflekslarining xilma-xil bolishi miya postlogi faoliyati bilan bogliq. Sutemizuvchilarning hid bilish, eshitish, korish, tam bilish, tuygu organlari rivojlangan. Terisi ogriq, harorat, tuygu sezish organi hisoblanadi.

_qz`SC3 z 