 57- . Odam evolutsiyasining asosiy yonalishlari

Paleontologik tadqiqotlar natijasiga kora, odamning evolutsion rivojlanishida tort bosqich mavjud: odamning boshlangich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimiy odamlar va nihoyat dastlabki-hozirgi odamlar.
1. Odamning boshlangich ajdodlari. Odamning qadimgi ajdodlari - avstralopiteklarning suyak qoldiqlari XX asrning 20-30 yillarida Keniyaning Rudolf koli atrofidan topilgan. Suyaklarining tuzilishi asosida ularning tashqi qiyofalari tiklangan. Ularning boyi 120-140 sm bolib, tanasining ogirligi 36-55 kg, kalla suyagining hajmi 500-600 sm2 bolgan. Chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligini korsatadi. Ular daraxt va hayvon suyaklairdan, toshlardan oddiy qurollar yasaganlar. Bu qurollar 2,6 mln yoshda bolgan yer qatlamlaridan topilgan.
Avstralopiteklar ormon-dasht, ochiq yerlarda yashaganlar va, asosan, gosht bilan ovqatlanganlar. Bu ularning miyasi rivojlanishiga imkon yaratgan. Ular jamoa bolib yashaganlar, kppchilik bolib ov qilganlar. Avstralopiteklar yirik hayvonlarni oldirganlar, osimliklarning tuproq ostidagi ildizmevalarini kovlaganlar, olovdan foydalanishni bilganlar, ozlari uchun kulba qurib yashay boshlaganlar. Shuning uchun ham ular uquvli odam deb atalgan.
2. Eng qadimgi odamlar. Taxminlarga qaraganda, eng qadimgi ibtidoiy (primitiv) odamlar bundan 1 - 1,5 mln yil ilgari paydo bolgan. Eng qadimgi odamlarning qoldiqlari dastlab 1891 - yilda Yava orolida, keyinchalik Afrika, Osiyo va Yevropada ham topilgan, 1980-yilda Janubiy Fargonadagi Selengur goridan topilgan tosh qurollar ushbu mintaqada bundan 1,1 million yillar muqaddam ibtidoiy odamlar yashagan degan xulosaga olib keladi. Bularga pitekantrop  maymun odamlar deb nom berilgan. Ularning boyi 160 sm atrofida, bosh miyasining hajmi - 1100 sm2 ga yaqin bolgan. Pitekantroplar toda-toda boiib yashaganlar, ammo ularning doimiy turar joylari bolmagan.
1907-yilda Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinidan tuzilishi va yashash tarzi pitekantrop, sinantrop odamlariga ox-shash Geydelberg deb ataluvchi eng qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan.
3. Qadimgi odamlar. 1856-yilda Germaniyaning Neander daryosi vodiysidan qadimgi odamlarning yaxlit skeletlari topilgani ular uchun neandertallar deb nomlangan. Neandertallar Surxondaryo viloyatining Teshiktosh goridan ham topilgan.
Neandertallar 150-250 ming yil ilgari paydo bolgan. Ular asosan, sovuq iqlim sharoitida yashaganlar. Sovuq sharoit ularga kiyimdan foydalanish zaruratini tugdirgan. Ular ozlari uchun kiyimlarni hayvonlarning terisidan tayyorlaganlar.
Neandertallar toda-toda bolib gorlarda yashaganlar, bir-birlariga, bolalariga, kasal odamlarga gamxorlik qilganlar, olganlarni komib, ularning gorini bezaganlar.
4. Dastlabki-hozirgi odamlar. 1886-yilda Fransiyaning janubidagi Kromanon degan joyda skelet suyaklari va qurollari koplab topilgani uchun dastlabki, hozirgi odamlarni kromanonlar deb ataganlar. Topilgan qoldiqlar asosida ularning bundan 50-60 ming yil ilgari yashaganliklari aniqlangan. Kromanon odamlarning boyi 180 sm gacha bolib, peshanalari keng, bosh miyasining hajmi 1800 sm3 gacha bolgan. Ular miyasining hajmi, tana tuzilishi hozirgi odamlarining tana tuzilishidan deyarli farq qilmagan. Kromanon odamlar tosh, hayvon suyagi va shoxlaridan xilma-xil qurollar yasaganlar, kulolchilikni bilganlar. Ular hayvonlarni qoiga orgatganlar, ibtidoiy dehqonchilik bilan shugullanishgan.


Kromanon odamlar jamoa bolib yashaganlar, ularning rivojlanishida talim-tarbiya, tajriba orgatish alohida orinni egallagan.
Odam irqlari. Yashash sharoiti, ijtimoiy turmush tarzi, mehnatning turlari, mehnat vositasi sifatida qolning rivojlanishi, manoli nutqning paydo bolishi va boshqa xususiyatlar odamning tashqi qiyofasida, tananing jismoniy tuzilishida ayrim ozgarishlarni vujudga keltirdi. Tashqi qiyofasiga, yani boyi, gavda va yuz tuzilishi, kozi, sochi, terisining rangi va boshqa belgilariga qarab odam tort xil irqqa boHnadi: yevropoid, mongoloid, negroid, avstraloid (88-rasm). Ammo bularning hammasida odamlarga xos boIgan bosh miyaning tuzilishi va hajmi, aqliy qobiliyati kabi xususiyatlarida farq bolmaydi. Barcha irqlar biologik jihatdan bir-biriga teng. Bu katta irqlar, oz navbatida, mayda irqlar, millatlar va elatlarga bolinadi.

Bfb`SC%  s 