6-. HUJAYRA VA UNING TARKIBIY QISMLARI


0 simlik va hayvonlar organizmi hujayralardan tuzilgan.
Hujayralar juda mayda bolib, ularni faqat mikroskopda ko-
rish mumkin. 0 simliklar tanasi bitta hujayradan yoki kop
hujayralardan tuzilgan boladi. Bitta hujayradan tuzilgan bolsa
organizmdagi barcha jarayonlar: oziqlanish, nafas olish,
ajratish, osish, kopayish ana shu bitta hujayrada otadi. Kop
hujayrali organizmlar yuzlab, minglab va millionlab hujayralar
yigindisidan tashkil topgan boladi. Bunday organizmdagi
ayrim jarayonlar maxsus hujayralar tomonidan amalga
oshiriladi.
Hujayra hujayra qobigi va uning ichidagi tirik qism (borliq)dan
iborat. Tirik qism sitoplazma va magizdan tashkil topgan (18-rasm).
img/res/18rasm.png






Hujayra qobigi tiniq va mustahkam boladi. Kletchatka unga
mustahkamlik beradi. Hujayra qobigi uning ichidagi tirik qismni
tashqi tomondan orab turadi. U tashqi tasirdan humoya qiladi,
unga mustahkamlik beradi va shaklini saqlab turadi hamda tashqi
muhit bilan boglab turadi.
Sitoplazma  hujayraning asosiy tarkibiy qismi. U rangsiz,
tiniq, suyuq yoki shilimshiq holda bolib, doim harakatlanib
turadi. Sitoplazmaning tarkibi juda murakkab.
Mag iz hujayraning deyarli ortasida (sitoplazma ichida)
joylashgan eng muhim tarkibiy
qismdir. U hujayralar
b o linishida katta rol
oynaydi.
Kok-yashil suvotla r,
bakteriyalar va ayrim zamburug
larning magzi shakllanmagan,
uning moddalari
sitoplazmada tarqoq holda
joylashgan boladi. Magizning
shakli va hajmi hujayraning
yirik-maydaligiga,
yoshiga hamda yashash sharoitiga
qarab har xil boladi.
U tarkibiga kora sitoplazmaga


yaqin turadi. Magiz irsiy belgilaming yangi boginga otishida
muhim ahamiyatga ega.
1831 -yilda ingliz olimi Robert Broun magiz hujayraning
muhim tarkibiy qismi ekanligini aniqlagan.
Plastidalar  hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri. Ular
faqat osimliklarga xos. Plastidalar uch xil boladi: leykoplastlar
(rangsiz), xromoplastlar (zargaldoq, qizgish), xloroplastlar
(yashil). Keyingi ikkita plastida osimliklarga (barg, poya, gul va
mevalarga) rang beradi. Xromoplastlar bilan xloroplastlar
tufayli osimlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi.
Vakuol  sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to lgan
boshliq. U turli shaklda boladi. Hujayra shirasi tarkibida 70
95% suv va unda erigan kopgina moddalar hamda oqsil, moy,
shakar moddalari boladi. Bu shira tarkibiga kora mevalaming
tami shirin, nordon va achchiq boladi.
Shuni ham aytish kerakki, osimliklarning turli organlaridagi
hujayralar har xil vazifani bajaradi. Masalan, barg,
ildiz, poya va mevalar qobigining hujayralari ularni tashqi
noqulay sharoitdan  yomgir, shamol, sovuq, issiqdan
himoya qiladi.
Urug, ildiz va boshqa organlarda oziq moddalar jamgaradigan
hujayralar boladi. Tuzilishi oxshash bolgan, lekin
bir xil vazifani bajaradigan hujayralar yigindisi toqima deyiladi.
Shunday qilib, hujayralar hujayra qobigi, sitoplazma, magiz,
plastidalar va vakuoldan tashkil topgan.