 VI BO'LIM. SELEKSIYA ASOSLARI

XIVBOB. O'SIMLIKLAR, HAYVONLAR VA MIKROORGANIZMLAR SELEKSIYASI

60-. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari


Mavjud hayvon zotlari va madaniy o'simliklar navlarining genofondi, boshlang'ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo'lishi tabiiydir. Shuning uchun ham seleksion ishlarning yutuqlari asosan o'simlik yoki hayvonlarning boshlang'ich guruhlarining genetik xilma-xilligi bilan bog'liq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda yovvoyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va uni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o'simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqalishini o'rganish maqsadida rossiyalik buyuk genetik va seleksioner olim N.I.Vavilov 1920-1940 yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator ekspeditsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo o'simlik resurslari o'rganilgan va urug'chilik uchun g'oyat muhim kolleksiya to'plangan. Bular keyinchalik seleksion ishlarda, yangi navlarni yaratishda foydalanilgan.

N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo'ladi. Bu markazlar butun dunyo bo'ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy o'simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy o'simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy-G'arbiy Osiyo markazi (14% madaniy o'simliklar, shu jumladan bug'doy, suli, dukkaklilar, zig'ir, sabzi va boshqalar vatani), O'rta Yer dengizi markazi (11% madaniy o'simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani), Abissiya (Efiopiya) markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo'xori, qalampir, g'o'za, kakao daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi.

Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko'paytirilgan. N.I.Vavilov kolleksiyasining tarixida qora kunlar ham boigan. 1940 yili soxla ayblar asosida qamoqqa olinadi va 1943 yili Saratov qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko'z yumadi. N.I.Vavilov kolleksiyasi Sankt-Peterburg shahridagi o'simlikshunoslik institutida saqlangan. Shahar fashistlar qurshovida qolgan vaqtda institut xodimlari butun shahar aholisi bilan birga ochlikni boshidan kechirishlariga qaramay, kolleksiyada saqlanayotgan urug'larning bittasiga ham xiyonat qilmadilar. N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o'simliklariga tegishli juda katta qismi O'zbekiston o'simlikshunoslik institutida hoziigi kunda ham saqlanmoqda va undan yangj navlarni yaralishda foydalanilmoqda.

Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 dan ortiq namunalami o'z ichiga olib, 1041 o'simlik turlariga mansub. Bularga yovvoyi tur madaniy o'simliklarning avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofondidan olimlar xo'jalik jihatdan qimmatli hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunandalarga, qurg'oqchilik va boshqa ta'sirlarga chidamlilik belgilarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o'simliklar seleksiyasida misli ko'rilmagan yutuqlaiga erishishga imkoniyat yaratadi. Masalan, yov-voyi g'o'za qimmatli genlari asosida yaratilgan Toshkent navlari o'z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan. 

