
 54-.Qolqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari


Qolqanotlilar turkumi. Qolqanotlilar - uchishga moslashgan sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoqlari ozgarib, qanotga aylangan (105-rasm). Oldingi oyoqlari suyaklari oraligiga hamda orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni ortasiga yupqa ten parda tortilgan. Bu parda hayvon uchganida kotarish yuzasini hosil qiladi. Lekin oldingi oyoqlarining birinchi barmogi hamda keyingi oyoqlarining panjasi erkin boladi. Ular qonganida bu panjalari bilan gorlarning devoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki ularga asta-sekin chirmashib chiqadi.

Korshapalaklarning kozlari ojiz bolib, yaxshi korolmaydi. Lekin ular tunda ham biron narsaga urilmasdan ucha oladi; hasharotlarni ogzi bilan tutib oladi. rshapalaklarning fazoda moljal olish xususiyati ularning ultratovush tarqatishi va uni qabul qilishi bilan bogliq. Uchayotgan hayvon burni va ogzidan uzuq-yuluq ultratovush chiqaradi. Tovush uning yolida uchraydigan obyektdan aks-sado singari qaytadi. Uning qulogi ana shu qaytgan tovush tolqinlarini qabul qilganligi tufayli oz oljasini topadi yoki tosiqni sezadi. Korshapalaklar qon soruvchi va zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Korshapalaklarni aholi yashaydigan joylarga jalb qilish uchun pana joylarni buzmaslik va yangi pana joylar yaratish zarar.





Kemiruvchilar turkumi. Kemiruvchilarning yirtqich (qoziq) tishlari bolmaydi. Kurak tishlari esa yirik va olkir boladi. Qattiq oziqni otkir kurak tishlari bilan uzib olib, oziq tishlari yordamida ezib maydalaydi. Ularning kurak tishlari doimo yedirilib turadi, lekin otmaslashmaydi. Chunki kurak tishlarining orqa tomonida emali bolmaydi. Yuqori va pastki kurak tishlar bir-biriga ishqalanishi tufayli charxlanib olkirlashadi. Kurak tishlar hayvonrting hayoti davomida osib luradi.

Kemiruvchilar - keng tarqalgan. xilma-xil, juda serpusht hayvonlar (106-rasm). Kopchilik turlari bir yilda bir necha marta bolalaydi. Shuning uchun ayrim yillari ularning soni juda tez kopayib ketib, katta ziyon yetkazadi. Turar joylar yaqinida sichqonlar va kalamushlar, chollarda yumronqoziqlar kop uchraydi. Yumronqoziqlar koloniya bolib, inlarda yashaydi. Tog elaklarida va chollarda yirik kemiruvchilardan bin - jayra yashaydi. Uning tanasi uzun ninalar bilan qoplangan.





Kopchilik kemiruvchilar - zararkunanda hayvonJardir. Sichqonlar va kalamushlar omborxonalarda saqlanayotgan don va oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollarini kemirib, katta ziyon keltiradi. Kalamushlar olat kasalligini ham tarqatishi mumkin.

Kemiruvchilardan foydalilari ham bor. Ondatra, nutriya, sugur, yumronqoziq va tyinlar moyna uchun ovlanadi. Ondatra va nutriya qimmatli moyna beradi. Ularning vatani Amerika hisoblanadi. Respublikamizda ham bu hayvonlar kopaytiriladigan moynachilik xojaliklari tashkil etilgan. Toglarda kok sugur uchraydi. Uning terisi boshqa sugurlarnikiga nisbatan yuqori baholanadi; yogidan xalq tabobatida dori-darmon ornida foydalaniladi. Hozir soni juda kamayib ketganligi tufayli kok sugur Qizil kitobga kiritilgan.



Qolqanotlilar - uchishga moslashgan sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoq suyaklari orasiga hamda oldingi oyoqlaridan tanasining ikki yoni boylab yupqa teri parda tortilgan. Qolqanotlilarning kozlari ojiz, havoda ultratovush yordamida moljal oladi.

Kemiruvchilarning yirik va otkir kurak tishlari doimo yedirilgan sayin osib va charxlanib turadi; qoziq tishlar bolmaydi. Ular juda serpusht: bir yilda bir necha marta bolalaydi.

SqiaSC3 c 