63-. O'zbekiston olimlarining seleksiya sohasidagi erishgan yutuqlari


Davlatitniz mustaqillikka erishgandan so'ng g'allachilik, meva-sabzavotchilik, g'o'za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonlik seleksioner olimlar tomonidan g'alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil Ulug'bek-600 va Sanzor navlari diqqatga sazovordir.

O'zbekiston g'o'za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoqli o'rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda g'o'za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G'o'za kolleksiyasini yaratishda akademik J. A. Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari katta. Olimlarimiz tomonidan g'o'zaning serhosil, viltga chidamli navlari ko'plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidamli Toshkent-l, Toshkent-2, Toshkent-3, navlarini, akademiklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g'o'zaning serhosil AN-402, Samarqand-3, Yulduz kabi navlari mashhurdir.

Mamlakatimizda uzumchilik seleksiyasi ham keng rivojlangan. O'zbekistonda 250 dan ortiq uzum navlari mavjud. Xalq seleksioneri, uzumchilik sohasida katta yutuqlaiga erishgan Rizamat ota Musamuxamedov va uning shogirdlari uzumning bir necha xil navlarini yaratganlar. Bulardan Rizamat, Gultish, Sohibi, Hiloliy kabi navlari diqqatga sazovordir.

O'zbekistonda bog'dorchilik qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'idir. Xalq seleksiya asosida olmaning oq olma, qizil olma, Namangan olmasi, targ'il olma, qozi dastor olma navlari, shaftolining Vatan, Lola. Anjir shaftoli, Zarafshon, Farhod, Zarg'aldoq navlari, shuningdek, o'rik, bodom, yong'oq, anorlarning xilma-xil navlari yaratilgan.

Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan sabzavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan buyon yangilab ketmoqdalar. Mashhur olim, akademik Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning turli hududlarida ekilib mo'1 hosil olinmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatimizda karloshkaning nimrang  cho'zinchoq pushti o'rtapishar navi, Obidov  kechpishar, cho'ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor bo'ldi. Professor D. Abdukarimovning yaratgan Samarqand navidan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin.

Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda juda ko'p yutuqlaiga erishilgan. Jumladan O'zbekiston chorvachilik institutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949 yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan bo'tib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. O'zbckistonda yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. Bular barclia sharoitlarda yashay oladigan, chopqir ot zotidir. 
