C 56-.Dengiz sutemizuvchilari: kurak oyoqlilar va kitsimonlar turkumlari


Kurakoyoqlilar turkumi. Kurakoyoqlilar - boyni kalta, oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan yirik hayvonlar. Ular kop vaqtini suvda otkazadi; faqat dam olish va kopayish uchun quruqlikka chiqadi. Kurakoyoqlilarga tulenlar, dengiz mushugi, morj kiradi (110-rasm). Grenlandiya tuleni Arktika dengizlarida yashaydi. Quruqiikda kurak oyoqlari yordamida sudralib harakat qiladi. Keyingi oyoqlari orqaga chozilgan bolib, faqat suzish uchun xizmat qiladi. Tanasi dagal, kalta va siyrak yung bilan qoplangan. Kopchilik tulenlarning quloq suprasi bolmaydi; baliqlar, molyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Qishda tulenlar qirgoqqa yaqin kelib, tekis muzlikka chiqib oladi. Urgochilari bittadan yirik, kozi ochiq bola tugadi. Tulen bolasining terisi qalin oq momiq jun bilan qoplangan. Momiq jun uni sovuqdan asraydi va oq muz ustida sezdirmaydi. Momiq junlari tokilib, dagal jun bilan almashgandan song bolasi suvga tushib, suza boshlaydi.


Dengiz mushugi uzoq Sharq dengizlarida yashaydi. Yoz boshlarida ular podasi bolalash uchun qirgoqqa chiqib oladi. Urgochilari qorajun bilan qoplangan bitta bola tugadi. Bolalari osib suza boshlagach, ular yana dengizga tushib ketishadi.

Tulen va morj terisi va yogi, dengiz mushugi moynasi uchun ovlanadi. Morjning qoziq tishlari fil suyagi singari qadrlanadi. Dengiz mushuklarining soni juda kamayib ketganligi tufayli hozir ularni ovlash man qilingan.

Kitsimonlar turkumi. Kitsimonlar - batamom suvda yashashga otgan sutemizuvchilar; ular hech qachon quruqlikka chiqmaydi; suvda bolalaydi. Tuzilishi suvda yashash tasirida yanada koproq ozgargan. Ular dumi va oldingi suzgichlari yordamida suzadi; keyingi suzgichlari bolmaydi. Bu turkumga kitlar. kashalotlar va delfinlar kiradi (111-rasm).

Kok kit - sutemizuvchi hayvonlar orasida eng yirigi, uning uzunligi 30 m, vazni 150 t va undan koproq keladi. Tishlari bolmaydi; mayda plankton organizmlar, asosan qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Kitning juda katta ogiz boshligida yuqori jagidan pastga qarab plab popukli muguz plastinkalar - kit moylovi osilib turadi. Kit ogzini katta ochib, suv toldirib oladi. Suvni muguz plastinkalari orqali otkazib, unga ilashib qolgan jonivorlarni yutib yuboradi. Bir kecha-kunduzda kit 2 - 4 t oziq yeydi. Kok kit singari boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadigan kitlar moylovli, yani tishsiz kitlar deb ataladi.






Tishli kitlarga esa delfinlar va kashalotlar kiradi. Ularning ogiz boshligida juda kop konussimon bir xil tuzilgan tishlar boladi. Bu tishiar faqat oziqni ushlab turishga yordam beradi. Delfinlarning uzunligi 3 m gacha boladi. Ular oljasini topish uchun ultratovushdan foydalanadi. Delfinlarning bosh miyasi murakkab tuzilgan. Ular tovush signallari yordamida ozaro aloqa boglaydi. Ulardan birortasi baliq todasini topganida boshqalari ham shu joyga toplanishadi. Halokatga uchragan delfin tashvishli signallar bilan boshqalarini yordamga chaqiradi. Ular qolga oson organadi. Delfinlarni ovlash man qilingan.



Dengiz sutemizuvthilariga kurakoyoqlilar va kitsimonlar kiradi. Ularning qadimgi ajdodlari hozirgi yirtqich sutemizuvchilarga oxshash tuzilgan quruqlikda yashovchi hayvonlar bolgan. Ular tishlarining tuzilishi ana shundan dalolat beradi. Suvda hayot kechirishga otish bilan ularning tuzilishi ozgarib, tanasi baliqlarnikiga oxshash suyri shakliga kirgan oldingi oyoqlari baliqlarnikiga xshash eshkakka aylangan. Jun qoplami suvda hayvonni sovuqdan saqlay olmaydi. Shuning uchun ularning terisi ostida qalin yog qatlami rivojlangan.

LPbaSC3  