d 57-.Tuyoqli sutemizuvchilar


Juft tuyoqlilar turkumi. Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki ikki juft bolib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh qaytaruvchi va kavsh qaytarmaydigan guruhlarga bolinadi.

Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar - oyoqlari ancha uzun, oshqozoni tort bolmali, osimlikxor hayvonlar (112-rasm), Odatda, osimlik tarkibida qiyin hazm boladigan kletchatka kop boladi. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bolishiga yordam beradi. Ular dastlab oziqni yaxshi chaynamasdan yutadi. Oziq oshqozonda mikroorganizmlar tasirida yengil hazm boladigan holatga keladi. Bunday oziq ogiz boshligiga qaytarib chiqariladi va tishlar yordamida qayta yaxshi chaynalib (kavshalib), yana oshqozonga yutiladi.

Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qoy, echki, zubr, saygoq, jayron, bugu va boshqa kopchilik juft tuyoqlilar kiradi. Odatda ularning boshida bir juft muguz shoxlari boiadi. Bu shoxlar hayvonning butun hayoti davomida osib boradi. Bugu va los kabi hayvonlarning shoxlari har yilda almashinib, orniga yangisi osib chiqadi.

Jayron (ohu yoki gizol) Ozbekiston chollarida yakka holda, juft-juft yoki 30 tagacha hayvondan iborat poda bolib yashagan. U chol sharoitiga yaxshi moslashgan: rangi qongir tusda bolganidan atrof-muhitda kozga tashlanmaydi.

Jayron goshti juda mazali bolgani uchun ovlangan. Ozbekistonda jayron faqat qoriqxonalarda saqlanib qolgan. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilardan Buxoro bugusi (xongul) Qizilqum qoriqxonasida va Termiz yaqinidagi Paygambar orolida boqilmoqda; Ustyurt dashtida saygoq uchraydi.

Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bolmalarga bolinmagan; boyin, oyoqlari va dumi kalta. Ularga tongiz (yovvoyi chochqa) va suv aygiri (begemot) kiradi (113-rasm).




Tongiz ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm gacha, vazni 200 - 240 kg keladi. Tongiz Yevropa va Osiyo qitasida tarqalgan; Ozbekistonda togli joylarda va toqaylarda uchraydi. Osimlik ildizi va tugunaklarini kovlab olib yeydi; tokilgan mevalar, hatto hasharotlar va boshqa mayda jonivorlar bilan ham oziqlanadi. Tongiz toda bolib yashaydi. Uning bolasi yol-yol tusda. Tongiz xonaki chochqalar naslboshisi hisoblanadi.

Begemot tropik Afrikada tarqalgan.

Toq tuyoqlilar turkumi. Bu hayvonlarning oyogida bitta yoki uchta barmogi boladi, biroq faqat uchinchi barmogi kuchli rivojlangan. Hayvon tanasining ogirligi asosan shu barmoqqa tushadi. Oshqozoni sodda tuzilgan, ammo korichak osimtasi juda uzun boladi.

Toq tuyoqlilar yalanglikda yashaydigan hayvonlar bolib, ularga ot, eshak, karkidon, tapir, zebra va qulon kiradi (114-rasm).



Yovvoyi ot, yani Prjevalskiy oti asrimizning ortalarigacha Markaziy Osiyo (Mogiliston va Xitoy) choilarida yashagan; hozir qoriqxonalar va hayvonot boglarida saqlanib qolgan. Tanasining uzunligi 230 cm, balandligi 130 cm, vazni 300 kg keladi. Xonaki otlar qirilib ketgan yovvoyi ot - tarpandan, xonaki eshak esa Afrika yovvoyi eshagidan kelib chiqtjan.

Ularning bir necha turlari Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ormonlarda yashaydi. Karkidon tropik Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan.

Tuyoqli sutemizuvchilar barmoqlari uchi muguz tuyoq bilan qoplangan; ochiq joyda yashovchi otxor hayvontar. Bolalari kozi ochiq tugiladi; tugilgandan song bir necha soar otgach onasi orqasidan ergashib ketaveradi. Tuyoqli sutemizuvchilar juft tuyoqlilar va toq tuyoqlilar turkumlariga ajratiladi. Juft tuyoqlilarning 1 yoki 2 juft barmoqlari tuyoq bilan qoplangan. Ular kavsh qaytaradigan va kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga ajratiladi. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar oshqozoni murakkab - tort kamerali boladi. Toq tuyoqlilarning har bir oyogida bittadan yoki uchtadan barmoqlari boladi. lekin ulardan faqat bittasi (uchinchisi) yaxshi rivojlangan.

m[XaSC3 o 