C 5-. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari
Infuzoriyalarning tanasi kipriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadrosi boladi. Hazm qilish va ayirish organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infuzoriyalar birinchi marta pichan ivitmasida topilgan. Infuzoriya sozi ham lotin tilida pichan ivitmasi hayvonlari manosini anglatadi. Infuzoriyalarni tufelka misolida organamiz.

Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi. Tufelka osimlik qoldiqlari kop bolgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 0,1 - 0,3 mm bolib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga oxshab ketadi (9-rasm). Shuning uchun bu hayvon tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda kop kipriklar bilan qoplangan. Kiprikchalarning tebranishi tufayli tufelka tomtoq tomoni bilan oldinga suzadi.

Oziqlanishi. Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi, uning tubida ogiz teshigi bor. Ogiz halqumga ochiladi. Chuqurcha atrofida joylashgan kipriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida toplanib, hazm vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib sitoplazmaga tushadi. Vakuolalar sitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib. oziqni hazm qiladi. Hazm bolmagan oziq qoldiqlari tananing keyingi tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi.

Nafas olishi va ayirishi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil bolgan keraksiz mahsulotlar skoplazmadan vakuolalarga toplanadi va ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi.

Kopayishi. Tufelkaning sitoplazmasida loviyaga oxshash katta yadro va dumaloq kichik yadro bor. Jinssiz kopayishi yadrolar qobigining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimlanishidan boshlanadi. Bu vaqtda tufelkaning tanasi qoq ortasidan ingichkalashadi. Hosil bolgan yangi yadrolar tufelkaning oldingi va keyingi tomoniga teng miqdorda otadi. Tufelka tanasi tobora ingichkalashib, ikkiga ajraladi va bitta infuzoriyadan ikkita infuzoriya hosil boladi. Dastlab har bir infuzoriyada bittadan qisqaruvchi vakuola boladi, ikkinchisi esa keyinroq hosil boladi.

Tasirlanishi. Tufelka hujayrasi qobigining ostida mayda kuydiruvchi tayoqchasimon tanachalar joylashgan. Bu tanachalar uni yirtqich hayvonlardan himoya qiladi. Tufelkaning tayoqchalari otilib chiqib, yirtqich hayvon tanasiga sanchiladi va uni chochitib yuboradi.

Sporalilar sinfi. 70 mingdan ortiq mikroskopik hayvonlarni oz ichiga oladi. Hamma turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Tuzilishi juda soddalashgan. Harakatlanish, hazm qilish va ayirish organoidlari bolmaydi. Ulardan bezgak paraziti keng tarqalgan. Bu parazitni odamga bezgak chivini yuqtiradi. Parazit qizil qon tanachalariga kirib, tez bolinib kopayadi (10-rasm). Parazit qon bujayralarini yemirib, qon plazmasiga chiqqanida odamning harorati keskin kotarilib, bezgak xuruj qiladi. Bu sinfga tut ipak qurti va asalari paraziti nozema ham kiradi.

Bir hujayralilar organizrai bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasi bartha hayotiy jarayunlarni bajarishi bilan kop hujayralilardan farq qiladi. Hujayraning muayyan vazifani bajaruvchi qismlari organoidlar deyiladi.

Bir hujayralilarning 70 000 dan ortiq turi bor, uiar soxta oyoqlilar. xivchinlilar, infuzoriyalar, sporalilar sinfiariga bolinadi.

Yashil xivchinlilar barcha bir hujayralilarning eng qadimgi ajdodi hisoblanadi.

Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayralilar. Parazit yashash tasirida sporalilarning tuzilishi soddalashgan.

DnbaSC3 S  