 8 - . Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari
? Tuzilishi, vazifasi
Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, boyin, gavda, qol va oyoq muskullari.
Bosh muskullari bajaradigan ishiga kora, chaynash va mimika muskullariga bolinadi. Chaynash muskullariga chakka, chaynash
muskullari kiradi. Mimika muskullariga kozning aylana muskuli, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, ogizning aylana muskuli kabilar kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Ular, ayniqsa, qiziqchilarda yaxshi rivojlangan boladi, chunki ular bu muskullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.
Boyin va gavda muskullari. Boyin muskullariga boyinning teriosti muskuli, tosh-omrov sorgichsimon muskuli kabilar kirib, ular boshning turli harakatlarini taminlaydi.
Gavda muskullari joylashishiga qarab kokrak, qorin va orqa muskullaridan iborat.
Kokrak qafasi muskullariga kokrakning katta va kichik muskullari, omrov osti muskuli, qovurgalararo (tashqi va ichki) muskullar hamda kokrak qafasi va qorin boshligi ortasida joy-lashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qoilarni harakatlantirishda ishtirok etadi.
Qorin muskullari qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pogonasini bukishda, qorin boshligidagi ichki organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi. Qorin muskullari ayollarda yaxshi rivojlanganligi uchun tugish jarayoni oson otishiga yordam beradi.
Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon kabi muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pogonasi va kurak suyagi harakatlarini taminlaydi. Ular gavdani rostlab turadi.
Qol muskullari yelka kamari va qol muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar kiradi. Qol muskullari yelka, bilak va qol panjasi sohasidagi muskullarga bolinadi.
Oyoq muskullari son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bolinadi.




euRbSC% Az  