FAQ (aNMPWR 1.6)
Muallif: aNNiMON
Tarjimon: GiGaPRO

Dvijokning tasnifi

Dvjokning asosiy xususiyati bu davomlashning va ko'chirishning osonligidir. Ya'ni ortiqcha mehnatsiz dasturga ko'plab bo'lim va menyular kiritish mumkin. Bularning hammasi 200 ta tarmoqdan iborat bo'ladi. Bu huddi papkalar bo'yicha 200 ta o'tishga o'xshaydi. Menimcha bu sizlarni qoniqtiradi. Dvijok faqat shu bilan cheklanmagan. Dvijokda matn ranglarini ham o'zgartirish mumkin. Ular to'g'ridan-to'g'ri matn fayl (*.txt) ichida amalga oshiriladi. Bundan tashqari o'z maqolalaringizni rasmlar bilan bezay olasiz.


Dasturning tuzilishi

Java-arxivning ichida "a", "META-INF", "res", "txt" va "xml" papkalari mavjud. Qolaversa *.class fayllar ham bor (hamma java-arxivlar singari).
"a" papkasi bizga kerak emas.
"META-INF" papkasi haqida eng to'liq ma'lumotni faqat "X-FILES" mobil jurnalidan olishingiz mumkin.
"res" papkasida esa "icon.png", "logo2.png" va "logo1.mdat" fayllari bor.
"txt" papkasida ushbu o'qib turgan "FAQ"ning matn fayli "FAQ.txt", "about.txt", "help.txt", "text.txt"... xullas, siz kiritmoqchi bo'lgan maqola matnlari va hokazolar bor.
"xml" papkasida esa asosiy koren (ildiz) fayl "main.al", qolgan ikkita "name.ini" va "skin.ini" fayllari mavjud.
Dasturdagi fayllar haqida birozdan so'ng to'liq ma'lumot olasiz.


#red WARNING:
#def Maqolada tushunarli bo'lishi uchun atamalar qo'shtirnoqlar ("") ichiga olib yozilgan. Ularni siz kitob yoki jurnal yaratayotgan vaqtingizda yozib o'tirmang!


Matnli maqolalar kiritish

Buning uchun bizga har qanday kengaytmadagi matn fayl va ushbu java-arxiv (aNMPWR 1.6)ning ichiga kira oluvchi dastur kerak bo'ladi. (Men sizlarga Mini Commander 4.2 dasturini tavsiya etaman.)
aNMPWR 1.6 dasturini "xml" papkasi mavjud bo'lib, uning ichida "main.al" fayli saqlanadi. Mazkur faylda bo'limlar va maqolalar ko'rsatiladi ya'ni ildiz fayl hisoblanadi. U oddiy matn fayl va tuzilishi juda sodda.
Boshida nomi yoziladi, keyin probel, tire yana probel va resursga yo'l ko'rsatiladi.
Masalan:
"Maqola - /txt/article.txt".
Bu yerda "Maqola" nom va "/txt/article.txt" esa resursga bo'lgan yo'l. Ya'ni biror menyuda "Maqola" so'zini bossangiz "article.txt" faylida yozilgan ma'lumot ko'rinadi (agar "article.txt" mazkur arxivni ichidagi "txt" papkasiga kiritilgan bo'lsa).
Bundan tashqari dastur internetdagi biror-bir saytda saqlanadigan matn faylni ham ko'rsata oladi.
Masalan:
"http://sayt.uz/matnfayl.txt".
Agar internetdagi yoki arxiv ichidagi resurs manzilida "-" (tire) belgisi bo'lsa, unda tire belgisi mana bu "^" belgi bilan almashtiriladi. Bunda "http://sayt.uz/matn-fayl.txt" quyidagicha ifodalanadi:
"http://sayt.uz/matn^fayl.txt".


Bo'limlar kiritish

Dasturda bo'limlar kiritish ham juda oson.
Buning uchun quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Maqola ro'yxatini saqlovchi fayl (ya'ni bo'lim) har doim ".al" kengaytmada bo'lishi lozim. Masalan "main.al", "news.al" va hokazo.
2. Bu bo'lim fayli albatta "xml" papkasini ichida yotishi kerak! Yo'lni yozish esa kerak emas.
Masalan:
"articles.al" fayli "xml" papkasi ichida yotibdi va uni yo'li quyidagicha yoziladi:
"Maqolalar - articles.al".
Bo'lim kiritishda shuning o'zi qoniqarli.


Matn teglari

Matnni o'qish paytida, dastur *.txt faylida kiritilgan teglarni tekshirishni boshlaydi.
Agar so'z # bilan boshlansa, uni ortidan rang nomi (black, green, yellow) yoki RGB kod (00FF00, A0910B) yoziladi va shu tegdan so'ng yozilgan matn rang nomi yoki RGB kod qiymatiga mos ravishda bo'yaladi. Standart rangni bo'yash uchun esa "#def" tegi qo'yiladi (default).
Masalan:
"#red Hajm:" va "#def Kichik" ko'rinish yonma-yon kelsin, natijada "Hajm" so'zi qizil, "#def" tegidan so'ng yozilgan so'zlar ko'rinish (skin) sozlamalarida ko'rsatilgan rangda namoyon bo'ladi.
Agar so'z "img" bilan boshlansa, ortidan rasmga bo'lgan manzil yoziladi (faqat mazkur arxiv ichida bor rasmlar uchun).
Afsus dastur hozircha internetdan rasmni olib ko'rsata olmaydi.
Tegni dastur tekshirgandan so'ng, ko'rsatilgan manzildagi rasmni ekranda tasvirlaydi.
Masalan:
"img/res/foto.jpg"
Bu yerda arxivni "res" papkasidagi "foto.jpg" rasmi ekranda tasvirlanadi.
(img ya'ni image)


Ko'rinish (skin)ni o'zgartirish

Bu haqida yozishga sabrim chidamay qoldi. Xullas, softbarlardan tortib, to soat rangining qiymatigacha aynan shu "skin.ini" faylida belgilash mumkin. Bu faylni biz sozlamalarga qiyoslasak bo'ladi. Ushbu fayl arxivning "xml" papkasida "skin.ini" nomida yotadi. Mantnning standart rangi ya'ni "#def" (default) tegi qiymatini ham aynan shu faylda belgilashimiz mumkin. Biz ranglarni RGB kodlarda ifodalashimiz kerak. Bu fayl ham "main.al" va "name.ini" fayllariga o'xshab oddiy matn fayldir.
Xullas bu narsalarni o'rgatish shart emas! Buni o'zingiz bir ko'rishda tushunib olasiz. Ammo bir narsa, fonga qo'yilgan rasmni yorqinlashtirish sozlamasi bor. U nomidan ham ma'lum. Yorqinlikni biz chegaralangan (0-255 gacha) xohishimiz bo'yicha o'zgartiramiz. Koeffisiyent (mutanosiblik) esa "^" belgini qo'yish orqali sozlanadi.
Masalan:
"-60" bunday "^60" yoziladi.


Jurnal nomi

Bu ma'lumot sizga o'z jurnalingizni nomini qo'yish uchun kerak bo'ladi. Ushbu dastur ishga tushurilgan paytda asosiy menyuda "Uz aNMPWR 1.6" so'zini ko'rdingizmi? Ana o'sha so'z jurnal nomi hisoblanadi. Mening jurnalimda u "X-FILES" deb yozilgan. Men uni "xml" papkasidagi "name.ini" faylida o'zgartirganman. Siz u faylni ko'rsangiz, aytganimdek "Uz aNMPWR 1.6" satrini ko'rasiz. Uni o'rniga o'zingizning kitob yoki jurnalingizning nomini yozasiz va shu bilan sizni san'at asaringiz tayyor.



Mana shu bilan mening qisqacha "FAQ"im tugadi. O'ylaymanki buni siz osongina tushundingiz. Agar tushunmagan bo'lsangiz qayta-qayta o'qing. O'zingiz miyangizni ishlating. Chunki boshida bu ish qiyin ko'rinadi. Lekin omadsizliklar asosida ham tajriba oshadi. Agar sizga foydam tekkan bo'lsa, men bundan behad xursandman. Uz aNMPWR 1.6 dvijok dasturini yuklab olganingiz uchun rahmat! Siz bilan tarjimon GiGaPRO bo'ldi. Sizga omad!

Translated by GiGaPRO
(c) MOBDAS Studio
Andijon, ASAKA 2012.