<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Kotibaning kirdikorlari</p>
</title>
<section><p>Hikoyalar | Kotibaning kirdikorlari</p>
<p>Umr–oqar daryo, deganlarirost ekan. Shuvillab o’tarkan-ketarkan. Bunday boshni ko’tarib, nafas rostlashgaulgurolmas ekansan.Ulgurganingda esa...allaqachon fursat o’tgan bo’larkan...Albatta bekorchilaruishyoqmaslar, dangasalaruchunvaqtning o’tishi qiyinbo’lsa kerak. Ammo Ma’rufMahmudiy bekorchi emas.Aqlini tanibdiki, ishlaganiishlagan. Avval bolaligi paxtadalalaridao’tdi. Keyininstitutning kechki bo’limidao’qib,kunduzi qurilishdaishladi.Institutni bitirar-bitirmaszavodga ishga kirdi. Shungaham, eh-he, etti yildanoshibdi.Bu davr ichida ne-neevrilishlar yuz bermadi. Ma’ruf Mahmudiy ishlayverdi.Avval zavod hissadorlikjamiyatiga aylantirildi, yangizamonning yangi talablarinig’ira-shira bo’lsa-da anglabturgani boismi, Ma’ruf borpuliga aktsiya sotib oldi. O’shanda uni mazax qilganlarham bo’ldi. Yo’q, mo’ljalni to’g’ri olgan ekanmi yoki omadikeldimi, ishqilib, oradan ikkiyil o’tar-o’tmas Ma’rufaktsiyalari evaziga tuzukkinafoyda,ya’ni divident olaboshladi.Shunga qaramasdan, yigitastoydil ishlashda davometdi. Tez orada u tsex boshlig’i bo’ldi. Bir yil o’tib esa, kattabir korxonaning boshtexnologi. Ish yana ko’paydi.Bosh qashishga vaqt yo’q edi.Na shanba bor bu ishda, nayakshanba... Ishlamagantishlamaydi, axir...Yumushdan horib-charchab,jismingdan mador so’rilibkelganingdan so’ng esa hechnarsa yoqmaydi. Ma’ruf hamuchinchi qavatdagi uchxonali uyiga arang sudralibchiqar va o’zini to’shakkatashlardiyu dong qotibuxlardi.Ishi yurishmay qolgan, oxir-oqibat bankrotlikkauchragan bir korxonani sotibolishdi. Ma’rufni bu yangikorxonaga bosh muhandisqilib yuborishdi. Alohidakabineti, kotibasi, xizmatmashinasibor ekan. Yangiish o’rniga borish oldidan Ma’ruf atigi ikki kunga, ya’nishanba-yakshanbaga javoboldi.—Ishni dushanbadanboshlayman,–dedi Ma’rufrahbariyatga. Ma’rufga omadtilab qolishdi. Xayrlashuvoldidan do’sti Olimjon uni birchekkaroqqa olib chiqib, birgap aytib qoldi:—Xafa bo’lmang-u, jo’ra,lekin ochig’ini aytadigan bo’lsam, mening bolam bu yilbirinchi sinfga o’qishgaboradi.Ma’ruf hayron qolib so’radi:–Nima qilay shunga?Olimjon kulimsiradi:–Axir,men sizdan bir yoshkichikman.—Xo’sh?—Gapning qisqasi shuki,uylanadigan paytingiz o’tibketayapti,jo’ra...—...Ma’ruf tilini tishlab qoldi. Zero, bu juda dolzarb masalaekanligini o’zi ham sezibturardi. Yosh yigirma to’qqizga qarab borayapti...Uydagilardan, qarindosh-urug’lardan ilon po’sttashlaydigan shunaqanggigaplarni eshitdiki... Nimaqilish kerak?Zavodda erga chiqmagan qizanqoning urug’i. Bunday ko’chaga chiqishga, biron qizbilan tanishishga, hatto ota-onasi topgan qarindosh-urug’larining qizlari bilan borib,birrov uchrashib, gaplashibkelishga ham fursat yo’q.Nima qilish kerak?Taklif kutilmagandaOlimjonning o’zidan chiqibqoldi:–Yaqinda bir ajrashgano’rtog’imiz baxtini topibdi...—Qaerdan topibdi?–hazilomuz ohangda so’radiMa’ruf.–Qaerga tushib qolganekan?—"Baxt qushi”degan birtashkilot bor ekan. Yolg’izerkak-ayollarni bir-birigatanishtirib qo’yarkan.Ma’rufga bu taklif o’tirishmadi.—Bir kamim shunaqajoylargaborib yurishimqoluvdi,–dedi g’ashi kelganiniyashirmasdan.—Karnaychidan bir puf-da, jo’ra. Ikki kun bekor ekansiz.Boring,gaplashing, Xudo "Ol,qulim”, deb turgan bo’lsa,ajab emas... Baribir, ikkikunda qishloqqa boribkelolmaysiz. Dushanbadanesa konveyerga sho’ng’iysiz.To’g’risini aytganda, Ma’rufga bu taklif jo’yali tuyuldi.Darhaqiqat, ikki kun vaqtibor. Dushanbadan esa, ishdegan ummonga sho’ng’iydiyu undan qachon qaytibchiqadi... Shunday bo’lsa-da,bir muassasaga borib, "Menga rafiqa topib bering”,deyishga Ma’rufning bo’yniyor bermadi. Bu safar hamOlimjon ko’makka keldi. U do’stini majburlab taksiga o’tqazdi-da, o’zi yonigajoylashibo’tirib oldi. Oppoq "Neksiya”qushday uchib,ularni "Baxt qushi”tanishtiruv byurosijoylashgan binoga olib keldi.Baribir, Ma’rufning ichkarigakirishga oyog’i tortmadi. Yobu masalada tabiatankamtarligi sabab bo’ldimi,ishqilib, Olimjonning o’ziichkariga kirib ketdi va birsoatlardan so’ng bir dastasurat ko’tarib keldi.O’, bu qizlarning go’zalligini!Nima balo, shaharning barisuluv qizlari yolg’izqolishganmi? Biri biridan go’zal chehralarni ko’raverib, Ma’rufning boshi aylanib ketdi.Bu shahlo ko’zlar, bu g’unchalablar, ol yonoqlar, nayzakipriklar,qayrilma qoshlar...Suratlar-ku bir tomoni ekan.Olimjon qizlarning o’zlarihaqida yozganlarini o’qiyboshlaganida, Ma’ruf adoyitamom bo’ldi. Odatda, "Xushsurat, malohatli, chiroyli,odobli, kelishgan, joy bilan ta’minlangan qiz o’zigachekmaydigan, ichmaydiganumr yo’ldoshi izlaydi... Sevibqolsam, yorimni boshimda ko’taraman...”,qabilidagichorlovlardan keyinallambalo raqamlarbitilarkan. Ma’ruf bularningsiriniso’ragan chog’da,eshitgan javobidan qizaribketdi. Qarangki, bular nechayoshdaligining, belining va...belining yuqoriroq qisminingo’lchamlari ekan. Bunchaqizning orasidan o’ziga ma’qulini tanlash oson emasekan. Ma’ruf o’ylandi, axiyri,birini tanladi. Suratdagikulimsirabgina turganqizning chaqnoq ko’zlarimi,qaldirg’och qanotidayingichka qayrilma qoshlarimi, nimasidir unga yoqib qolganedi. Ismi ham jismiga mos,Parizod ekan... Qiz yozganmatnni o’qishdi: "Hayoli, iboli, go’zal, oqila, shirinsuxan,sevgan yorini boshida ko’taradigan qiz o’zining birumrlik yo’ldoshini izlaydi...”.Yoshi yigirma to’rtda ekan. "Xuddi orzu qilganimday”,degan o’y o’tdi Ma’rufning ko’nglidan.Qolgan ishlarni Ma’rufningpasportini olib, ichkarigakirib ketgan Olimjonbirpasdabitirib chiqdi.Uchrashuv ertaga, soat o’nikkida, anhor bo’yida ekan.Buni eshitgan Ma’ruf o’ng’aysizlanibso’radi:–Bunchatez?Olimjon kulib yubordi:–Sizgaqolsa, bir yil telefondagaplashsangiz, ikkinchi yiluchrashuvga chiqsangiz,uchinchi yil uylansangiz...Shundaymi?—...Qiz bilan uchrashuvgachiqishning o’z hayajoni bo’larkan. Buni Ma’ruf endi-endi,yigirma sakkiz yoshida sezib,his qilib turibdi...U yaxshilab yuvinib olib, so’ng yangi kiyimlarini tanlab-tanlab kiydi. Shundan so’nggina uchrashuvga oshiqdi.Yo’l-yo’lakay kattaginaguldasta sotib olishni hamunutmadi. Kelishilganvaqtdan yarim soatcha o’tibketdi. Bunga u tabiiy holsifatida qarashga o’zinimajbur etdi. Axir, qiz boladegani yigitdan burun chopibkelib turmaydi-ku aytilganjoyga... Turaverib charchaganMa’ruf o’rindiqlardan birigajoylashiboldi-da, katta yo’lgatermulib o’tiraverdi...Bir payt shundoqyonginasida kimningdirohista yo’talgani va mayinovozda:–Siz o’shami?–deganini eshitganday bo’ldi.Yigit shoshib, shu tomonga o’girildi. Qarshisida notanishjuvon turardi. Tan olish kerak, bu juvonning nimasidirtanishday edi. Ma’ruf shosha-pisha javob qaytardi:–Kechirasiz, opa, yaxshianglamay qoldim, mengagapirayapsizmi?Juvon uyalinqirab, boshsilkidi.–Ha,–So’ng yigitninghayronbo’lib turganini sezdi,shekilli,qo’shimcha qildi:–Men Parizod bo’laman!Birdan... Ma’rufning nafasiichigatushib ketdi. Bu juvonsuratdagi Parizod emasdi. To’g’ri, allaqaerlaridadir o’xshashlik borday. Ammosuratdagi sohibjamol bilanqarshisidaturgan asli o’rtasida juda-juda katta farqbor edi...—Kechirasiz...–deya oldinihoyat bir yutinib olgan Ma’ruf.–Sizni tanimabman.—Hechqisi yo’q,–unchalikparvo qilmadi juvon.–Avvaligahamma shunaqaahvolga tushadi.Shu gapdan keyin ayolning o’ziga qadalib tikilib turganiniko’rgan Ma’ruf qizarib ketdi.Shu hijolatpazlikdan qutulishuchun darhol o’rnidan turib,gulni Parizodga tutdi.–Marhamat.Juvon gulni hech biristiholasiz olarkan:–Rahmat,–deb qo’ydi. Ma’ruf bu paytdajon alpozda qanday qilibsilliqqinaketib qolish uchunbahona izlardi. Nima balo,buni sezdimi, bir payt juvonandak piching ohangida so’radi:–Kutilmaganda zarurishingiz esingizga tushibqoldimi deyman?Ma’ruf battar qizarib ketdi.So’ng noiloj ming’irladi:–Umuman olganda... umumanolganda...—"Umuman-pumuman”niyig’ishtiring,–deb qoldi birpayt juvon keskinroqohangda.–Shuncha vaqtsarflab oldingizga keldim,endi meni yoqmadi, debjuftakni rostlabqolmoqchimisiz?Yigit battar o’ng’aysizlandi.–Unaqa demoqchimasdim...Juvon shartta uning gapinikesdi:–Lekin shunaqaqilmoqchiydingiz... Ayol kishixafa bo’ladiyam deb o’ylamaysiz-a?Oldindan ayollar bilangaplashib yurmaganiuchunmi, Ma’ruf tamomiladovdirab, kalavasining uchiniyo’qotib qo’ydi.Parizod yigitga qattiq tikildi:–Kennoyim bilan...ajrashganmisiz?—Yo’g’-e,– dedi Ma’rufshosha-pisha.–Haliuylanmaganman.—Rostdanmi?–ayol beixtiyorchapakchalib yubordi.–Buniqarang-a. Rosa yo’liqibman-ku.Necha yoshdasiz o’zi?—Yigirma to’qqizda.–Ma’rufnihoyat yurak yutib so’radi:–Siz-chi?—Menmi?–ayol norozi tarzdaqoshlarini kerdi.–Asliniolganda-ku, ayollarning yoshiso’ralmaydi. Bu g’irtmadaniyatsizlik. Ammoklubga odatda xotinidanajrashgan yoki xotini o’lganerkaklar kelishini bilardim.—U erda... u erda...–chaynalibqoldi yigit.—Xo’sh, u erga nima qipti?—U erda sizni... yigirma to’rtyoshda deb yozishgan ekan...Ayol pinak buzmadi:–To’ppa-to’g’ri. Hujjattopshirganimda yigirma to’rtda edim. O’shandan buyonma’lumotniyangilashmagan-da.—Ilgari...–tilining uchigakelgan savolni berishgaqiynalardi Ma’ruf.–Ilgariturmush qilganmisiz?—Ha, albatta. Keyinxarakterimiz to’g’ri kelmay,ajrashibketganmiz. Bittaqizim bor. O’zingiz-chi, o’zingiz nega uylanmagansiz?Yoki...–ayol ovoziga sirli tusberdi,–erkaklik tarafdan salkamchiligingiz bormi?—Yo’q, kamchilik yo’q,–dediMa’ruf o’zini oqlagandekhijolatli ohangda.–Shunchaki,ish bilan bo’lib...Ayol piqillab kulib yubordi:–Ha, buni sinab ko’rsamyomon bo’lmasdi.Ma’ruf sholg’omday qizardi. Uayni damda bu erdan tezroqketishni orzu qilardi, xolos.—Hay, mayli,–dedi ayolnihoyat murosa ohangida.–Aytishadi-ku, majburlabsevdirib bo’lmaydi deb. Sizhali erga tegmagan hurliqoqizni qidirib yuribsiz, menesa xotini o’lgan yo xotinidanajrashgan erkakni... Xullas,yulduzimiz yulduzimizga to’g’ri kelmadi... Xayrlashisholdidan hech bo’lmasa bironnima eyishga taklif qilarsiz?—Albatta, albatta,–dedi yigitbattar kalovlanib. Aynidamda u hammasi bu qadartez va osonlikchatugaganidan mamnun hamedi. Parizod yo’l bo’yidagi birqahvaxonaga boshladi. Juvonbu erning o’zini odami bo’libqolganmi,ishqilib, ularnidarrov ichkaridagi alohidaxos xonaga boshlashdi.Shinamgina xonadagibezatilgan stol atrofiga o’tirishgach, Ma’rufningatrofga bezovtalanibalanglayotganini ko’rganParizod iljayib qo’yib dedi:–Restoranning alohida xonasishu. Lekin siz qo’rqmang,unchalik qimmat emas...Yigit dovdirab qoldi:–E, negaunaqa deysiz, gap puldaemas...Ayol yigitga sinovchan tikildi.–Nimadabo’lmasa?Rosti,bu haqda o’ylab hamko’rmagani uchun Ma’ruf harehtimolga qarshi elka qisibqo’ydi.—Gap pulda bo’lmasa ham,–dedi ayol qoniqish bilan,–o’sha pulning qanchaligida!Bujumboqli gap ma’nisinianglamagan Ma’ruf yana birbor elka qisib qo’yish bilankifoyalandi.—Endi, xonimga xizmat ko’rsating,–dedi Parizod stoldaturgan ichimliklarga ishoraqilib.–Aytganday, nima ishqilasiz o’zi?Battar o’ng’aysizlanib,lavlagiday qizarganchastoldagi konyak qopqog’iniburayotgan Ma’ruf negadirochig’ini aytgisi kelmay:–Zavodda... oddiy ishchiman,–deb qo’ya qoldi.—Yaxshi,–dedi ayol qadahgaquyilayotgan konyakdan ko’zini uzmagan ko’yi. So’ngsalgina zardaliroq ohangdabuyurdi:–Quygandan keyinsal to’latib quying-da buzormandani! O’ziangishvonaday ryumka bo’lsa.Cho’chibketgan Ma’rufozgina konyakni dasturxonustigaquyib yubordi. Juvonnorozi tarzda nimalarnidir to’ng’illab qo’ydi. Ikkinchiqadahdan so’ng, juvonningchiroyi ochildi. Shundan keyinjuvon o’zini yanada erkintuta boshladi. Parizodningochiq-sochiq gaplari, ba’zanqo’pol sha’malari Ma’rufnibattar uyaltirardi...Nihoyat, beshinchi yo oltinchiqadahdan so’ng ko’zlarichaqnab, yonoqlari lovullayboshlagan Parizod ochiqsavdoga o’tdi:–Mengaqarang, yigitcha, birinchidan,igna ustida o’tirgandaytipirchilashni bas qiling-da,savollarimga aniq javobbering! Keyin, meni mastqilib, qochib qolaman, debham xomtama bo’lmang.Men bir o’zim bunaqangikonyaklardan ikki shishasiniichibtashlay olaman...Ikkinchidan, men buguncharchab turibman, shuninguchun siz bilan mushuk-sichqon o’ynash niyatim yo’q.Ko’rib turibman, men sizgayoqmadim...—Nega endi,–hijolat chekib g’o’ldiradi Ma’ruf.–Siz ajoyib,yosh ayolsiz...Ayol yigitga ochiqdan-ochiqmazaxomuz boqdi:–Shuajoyib, yosh ayol bilan birkecha yotishga necha pulberasiz?Ma’ruf lol bo’lib qoldi. Ayolmamnun ishshaydi.–Ko’rdingizmi, nafasingiz hamchiqmay qoldi-ya. Biroq,ochig’i,men ham siz bilan bo’laman, deb o’lib turganim yo’q. Shuning uchun, gapnioshiqcha cho’zib o’tirmasdan, maqsadga o’ta qolaylik.Parizod yigitga yana bir borqattiq, baayni bir grammham ichimlik ichmaganjuvondek tikildi.–Buqahvaxona mening... yaqintanishlarimdan biriniki.Meninguyim bu erdan ikkiyuz qadam narida. Men hozirsizni uyga olib ketishim, uyqudori berib uxlatib qo’yishim,keyinsizni qip-yalang’ochqilib echintirib, yoningizda o’zim ham shu ahvolda sizniquchoqlab yotishim, bunirasmga oldirib, har zamon-har zamonda o’zingizga ko’rsatib qo’yib, qo’rqitib,tuzukkina pul olib yurishimmumkin.Ochig’i, meningkasbim o’zi shunaqa. Ammoko’rib turibman, uylanmaganyigitekansiz, shuning uchunochiqchasiga ko’chganimizma’qul: qancha berasiz?—Bu nima deganingiz?–dediyigit tamomila esankirab.—Bu shu deganimki,–dediayol tishlarini g’ijirlatib,–siznitinch qo’yishim uchunqancha berishingiznibilmoqchiman! Yo haliyamgapimni tushunmayapsizmi?Men hammasini ochiqchaaytayapman. Buning qadrigaeting, lekin haddingizdanoshmang. To’g’ri, endiuyimga bormaysiz, biroqhozir bir baqirib, "Meni zo’rlamoqchi bo’ldi!”, debustimizga odam to’plash qo’limdan keladi. Aytdim-ku,qahvaxona egasining o’zi o’nta guvoh topib beradi. Topibbermayam ko’rsin-chi! Menbilan yotganda olinganrasmlarni xotiningga ko’rsataman desammi... o’zioldimga emaklab keladi...—Bunaqalar ko’pmi?–deb so’ray oldi nihoyat Ma’ruf horg’in tarzda.—Etarli,nolimayman,–istehzoli iljaydi ayol.–Tirikchilikning aybi yo’q.—O’zingiz asli nima ishqilasiz?–vaqtdan yutishgaurina boshladi Ma’ruf.—Kotibaman. Lekin boshlig’im "gah”desam, qo’limga qo’nadi.—Uniyam... shantaj qilib...—Albatta!–pinak buzmadijuvon.–Shu paytgacha to’rttaboshliq qo’limdan o’tdi.Hammasining tizgini qo’limda bo’ldi. Xudo xohlasa,beshinchisiniyam tizginlabolaman...—Omad tilayman,–dedi Ma’ruf.—Menga qarang, yigit,–dediayolbu gal oshkora nafratbilan.–Ochig’ini aytayapman,siz ko’nglimga o’tirishmadingiz. Umuman,sizga o’xshash lattachaynarerkaklarni jinim suymaydi...Xo’sh, qancha berasiz?LekinAyol Ma’rufga achinib qaradiva ko’kragini to’ldirib nafasolgach, asta-sekin tirsillabturganko’kragi ustidagikofta tugmalarini echaboshladi.—Hurmatingizni qilgandim.Siznitushungan yigit deb o’ylagandim. Endi o’zingizdanko’ring... Shunday baqirayinki, guvoh degani to’lib ketsin...Aytib qo’yay, o’zimnihimoyalash maqsadida u er-bu eringizni, ba’zi nozikjoylaringizni, betingiznishunday timdalabtashlaymanki, ikki hafta ko’chaga chiqolmaysiz...—Bo’ldi, bas!–dedi Ma’ruf jonholatda qo’lini ko’tarib.Ayol yigitga g’olibona tikildi:–Siz menga buyruq bermang.Siz mendan iltimos qiling...Tugmalarini bo’shatib bo’lgan ayol koftasini echishgaunnamoqda edi.—Iltimos!–dedi jon holatdaMa’ruf. Ayol echinishdan to’xtadi. –Qancha?—Yonimda ellik mingcha bor...—Bu kam... Stolning o’zigakamida o’n besh ming to’lashkerak.—Yana qancha kerak?—Yana ellik mingcha bo’lsa,etadi. Haliyam rahmat deng,charchab turgan paytim yo’liqib qoldingiz. Bo’lmasa sog’ib ichardim, bermasangiz,ishxonangizga borib, janjal-to’polonko’tarardim,to’rttarasmni direktoringiz stoligaqo’yardim. "Meni uradi... zo’rlaydi...”, deb diydiyoqilardim. Ana unda o’zingizkelardingiz emaklab...—Qolgan pul...–dedi Ma’rufbo’g’iq ovozda,–qolgan puluyda.Ayol xotirjam tarzda qaytakiyinib sumkachasidan oynachiqardi va yuzini pardoz qilaboshladi.–Hechqisi yo’q. Hozirborini berasiz. Keyin ko’chaga chiqamiz. Sizpasportingizni qoldirasiz-da,taksida uyga borib kelasiz.Qochib ketaman desangiz, "Baxt qushi”da manzilingizbor.Biroq unda to’rt baravarto’lashingizga to’g’ri keladi.Hammasi juvon talabqilganday bo’ldi. Qahvaxonahaqinito’lab, tashqarigachiqishgach, Ma’ruf juvongapasportini berib qo’ydi-da, o’zi bir taksi ushlab, uyga borib, aytilgan pulni olib keldi.Pulni olarkan, ayol iljaygan ko’yi:–Rahmat,–deb qo’ydi.Pul achchig’i–jon achchig’i.Ma’ruf beixtiyor pichingqilishdan o’zini tiyibturolmadi:–Yaxshikunlaringizga ishlating.Bungajavoban juvon oppoqtishlariniko’z-ko’zlayotganday og’zini kattaochib iljaydi:–Shunday kunlarko’p bo’laversin... Xayr.Omadingizni bersin.Ayol sallona-sallonaqadamtashlagan ko’yi uzoqlashibketaverdi. Ma’ruf jahl bilanyerga tupurdi va boshqa yo’ldan ketarkan, to uyigacha o’zini, Olimjonni va... barchabuzuq ayollarni so’kib keldi.Ma’ruf dushanba kuniertalabdan ishga shukayfiyatda keldi. Uniertalabdan zavod darvozasiyonidakutib turgan ijrochidirektortavoze bilankabinetigaboshladi.Ma’rufning kabinetikattagina, juda did bilanbezatilganekan. Ishga salchalg’igan Ma’ruf soatigaqarab, to’qqiz bo’lganligini ko’rdi va kotibani chaqiradiganqo’ng’iroqcha tugmasinibosdi.Eshik tavoze bilan ochildi.Avval xonaga xushbo’yatirlarning nozik ifori bostiribkirdi. So’ng ostonada xush-xandon, tabassumlarga g’arqbo’lgan juvon paydo bo’ldi.Ma’rufning ko’zlari katta-katta ochilib ketdi...Kotiba... shanba kuniuchrashgan ayoli–Parizod edi...Nogahon kotibaning ranggidokadek oqardi, nimalardirdemoqchi bo’lib, og’zinikappa-kappa ochdi, ammomiq etolmadi...»</p>
</section>
</body>
</FictionBook>