<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Vatan himoyachilari uchun yangi she'rlar to'plami</p>
</title>
<section><p>Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,</p>
<p>Tegadi g‘ururning baland tomiga,</p>
<p>Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,</p>
<p>Tortadi alamli o‘ylar domiga…</p>
<p>Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,</p>
<p>Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,</p>
<p>Bolasin beshikda quchgan kelinchak,</p>
<p>Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.</p>
<p>Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,</p>
<p>Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!</p>
<p>Oh , mening yuragim - jon, O’bekiston,</p>
<p>Mening muhabbatim aks etgan diyor.</p>
<p>Ko‘taring boricha bu el shonini,</p>
<p>Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,</p>
<p>G’ayurlarning dami ichida qolsin,</p>
<p>E’zozlab olishsin tilga nomini.</p>
<p>Erkakdan omadni ayama falak,</p>
<p>Jonini asragil, etmagil xalak.</p>
<p>Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,</p>
<p>Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.</p>
<p>Erkakdan omadni ayama hayot,</p>
<p>Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.</p>
<p>Ishiga unum ber, hamyoniga pul,</p>
<p>Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!</p>
<p>Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin,</p>
<p>Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.</p>
<p>Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,</p>
<p>Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!</p>
<p>Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,</p>
<p>Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.</p>
<p>Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,</p>
<p>Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!</p>
<p>Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,</p>
<p>Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.</p>
<p>Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,</p>
<p>Tokim yiqilmasin yuragida or.</p>
<p>Hiyonat etmasin yori berib pand,</p>
<p>Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.</p>
<p>Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-</p>
<p>Allohim, asragin bo‘lib panohi.</p>
<p>..Erkakning boshini egma, ey falak?!</p>
<p>Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,</p>
<p>Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.</p>
<p>Ayollar qudrati mulki-erkakdir,</p>
<p>Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.</p>
<p>Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,</p>
<p>Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.</p>
<p>Oila butundir ular boridan,</p>
<p>Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.</p>
<p>Dasturxon qutligi - ular mehnati,</p>
<p>Ustimiz butligi - ular himmati.</p>
<p>Farzandlar chirog‘i - ular borligi,</p>
<p>Muhabbatning bizga mudom yorligi.</p>
<p>Erkaklar mardligi berur iftixor,</p>
<p>Ularda mehr bor va muhabbat bor.</p>
<p>Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,</p>
<p>Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>