<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Erimni qanday qilib ozdirsam bo'ladi?</p>
</title>
<section><p>Ortiqcha kilogramm faqat ayollarning bosh og`rig`i emas. Biz-ku ozishga ahd qilsak, qay yo`l bilan bo`lsa-da buning uddasidan chiqamiz. Lekin erkaklar uchun bu oson ish emas-da! Pahlavon juftingizning joniga ozgina oro kiraman desangiz, ushbu sahifa orqali erkaklarni ozdirishga oid barcha tavsiyalarni topasiz.</p>
<p>Uning semirganini qanday aniqlasa bo`ladi?</p>
<p>Buning uchun eringizning bel sohasini o`lchash kerak bo`ladi. Agar:</p>
<p>*.bo`yi 178-185 sm. atrofida bo`lib, beli aylanasi 102 sm.dan oshsa, bu semizlikning birinchi darajasi.</p>
<p>*.Shunday bo`yli erkaklarning bel aylanasi 94 sm.dan oshsa, bu yog` to`planishi xavfidan dalolat beradi.</p>
<p>*.Tana tuzilishi normal erkakning bo`yi va vaznidan qat`i nazar qorni oldinga turtib chiqib qolgan, bel aylanasi esa 94 sm.dan oshsa, ogoh bo`ling. Bu sog`likka eng yomon ta`sir qiluvchi yurak ishemik kasalligi, infarkt va insult xastaliklariga chalinish xavfini tug`diradi.</p>
<p>Erkaklar nimadan semirishadi?</p>
<p>1.Salomatlikdagi muammolar sabab;</p>
<p>2.yog`li go`sht, kolbasa, dudlama, non va shirinliklarga suyagi yo`qligi uchun;</p>
<p>3.spirtli ichimliklar iste`moli borasida o`zlarini xafa qilmaganlari vajidan;</p>
<p>4.kamharakatlilik, ko`p o`tirganliklaridan…</p>
<p>Dangasalikka qarshi kurashing!</p>
<p>Ayollar ozish maqsadida parhezga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo`ladilar. Erkaklar esa baqaloqlikni faqat jismoniy mashg`ulotlar orqali engishlari mumkin. Sababi ularning mushaklari to`xtovsiz harakatni talab qiladi. Shu bois sizning bosh vazifangiz eringizni qimirlashga o`rgatishdir.</p>
<p>Nima qilsam, bu polvon ozarkan-a?</p>
<p>Juftingizni hech qachon ozishga majburlamang. Semizlikning zararlari haqida o`qiganlaringizni yo`l-yo`lakay aytib o`ting. Lekin ta`siri shunaqa bo`lsinki, eringiz ma`lumotni qaerdan topganingiz bilan qiziqsin. Sport va bolalar tarbiyasi bilan shug`ullanishga jalb qiling.</p>
<p>Yana bir yo`li bor: quyidagi ma`lumotlarni yaxshilab o`zlashtirib, eringizga vaqti-vaqti bilan bildirib turing:</p>
<p>*.ortiqcha vazn sohiblarida qandli diabet kasalligiga chalinish ehtimoli boshqalardan 6 marta ko`p;</p>
<p>*.4 marta ko`proq insult va infarktga yo`liqishlari mumkin;</p>
<p>*.ozg`inlardan ko`ra 2 barobar ko`proq bepushtlikka olib kelishi mumkin;</p>
<p>*.5 marta ko`proq o`pka-bronx kasalliklarini orttiradilar;</p>
<p>*.bo`g`im va suyak muammolariga 2 barobar tezroq duch kelishlari mumkin.</p>
<p>Ozmoqchi bo`lgan erkakni nima bilan boqish kerak?</p>
<p>*.O`zingizcha eringizni parhez tuttirmang. Rasionning bunday o`zgarishi natijasida erkak badjahl, zaharxanda odamga aylanadi. Agar uning o`zi buni xohlasa, yaxshisi, proteinli, pastuglevodli parhez turlarini tanlang. Ularni maxsus kitoblardan yo internet orqali topish mumkin.</p>
<p>*.Juftingizga har kuni 3 mahal ovqat va ora-orada 2 marta choy berishni odat qiling. Oxirgisi uyquga ketishdan 2-3 soat oldin bo`lishi shart.</p>
<p>*.Tabiiy va yangi mahsulotlardan semirtirmaydigan egulik pishirishga o`ting.</p>
<p>*.Pastroq kaloriyali desertlar tayyorlang. Bunda eringiz bilib qolmasligi uchun hali hech foydalanib ko`rmagan reseptlardan foydalangan ma`qul.</p>
<p>*.Turmush o`rtog`ingiz ishdaligida och qolmasligini nazorat qiling. Ketishida biror egulik berib yuborasizmi yo peshin payti qo`ng`iroq qilib, ovqatlanganini so`rab turasizmi, bu yog`i o`zingizga havola. Shunda u ko`chadan bo`ridek och qolib kelmaydi va juda ko`p ovqat tanovvul qilmaydi. Natijada semirmaydi.</p>
<p>*.Yarimfabrikat va fastfudlarni ham cheklang.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>