<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Duoning kuchi (Ibratli hikoya)</p>
</title>
<section><p>Hikoyat qilinishicha bir kuni faqirona kiyingan,</p>
<p>ma’yus bir ayol sabzavot do‘koniga kiradi.</p>
<p>Do‘kon sohibiga tortinibgina yaqin bordi va eri</p>
<p>og‘ir xastalik tufayli biror bir ishga yaramay,</p>
<p>to‘shakka yotib qolgani, yetti bolasi borligi,</p>
<p>ularning ochlik azobidan qiynalayotganini aytdi. Sotuvchi unga ters qarab: -Ey, tilanchi xotin, tezda do‘konni tark et.- dedi.</p>
<p>Ayol esa bolalarining yemak yeyishga ehtiyoji</p>
<p>borligini aytib yolvorgancha: -Iltimos, taqsir, bolalarimning qornini to‘ydirib,</p>
<p>odamlarning eshigiga ishlagani jo‘nataman.</p>
<p>Ular ishlab pul topib kelgan zahoti qarzingizni</p>
<p>qaytaraman,-dedi. Do‘kondor ayolning iltijolariga parvo qilmay,</p>
<p>uni tanimasligi, doimiy xaridorlaridan</p>
<p>emasligini aytib, iltimosini rad etdi. Shu payt</p>
<p>do‘kon tashqarisida turgan bir mijoz sotuvchi</p>
<p>bilan ayol o‘rtasida bo‘layotgan suhbatni</p>
<p>eshitib qoldi va ichkariga kirib do‘kondorga: -Bu ayolga so‘ragan narsalarini ber, men kafil</p>
<p>bo‘laman, qarzini qaytaradi,-dedi. Uning gapiga</p>
<p>ko‘ra sotuvchi ayolga qaradi-da, istamaygina: -Oladigan narsalaringni ro‘yxat qilganmisan?-</p>
<p>deya so‘radi. Ayol tasdiq ma’nosini berib bosh</p>
<p>irg‘adi. -Unday bo‘lsa uni tarozining bir pallasiga qo‘y-</p>
<p>da, ikkinchi pallasiga o‘zing oladigan narsalarni</p>
<p>qo‘y. Ro‘yxat qog‘ozingni vazniga teng</p>
<p>narsalarni beraman,-dedi. Ayol bir muddat turdi-da, boshini quyi egib</p>
<p>choponining cho‘ntagidan qog‘oz parchasini</p>
<p>olib tarozining bir pallasiga qo‘ydi. Shu payt</p>
<p>do‘kondor va kafil mijozning ko‘zlari hayratdan</p>
<p>katta – katta ochildi. Tarozining tosh</p>
<p>qo‘yiladigan pallasi qog‘oz parchasining og‘irligidan cho‘kib ketgandi. Do‘kondor kafil</p>
<p>mijozga qarab ezg‘in tovushda: -Ishonmayman… Ishoniladigan holat emas… –</p>
<p>dedi. Tarozining mahsulot qo‘yiladigan pallasi</p>
<p>keragidan ortiq narsalar bilan to‘ldi. Do‘kondor</p>
<p>va’daga binoan ayol olgan hamma yeguliklarni</p>
<p>xaltaga joylab, qo‘liga tutqazdi. Zudlik bilan</p>
<p>nimalardir yozilgan qog‘ozni qo‘liga oldi-da,</p>
<p>o‘qidi. Unga xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati emas, quyidagi so‘zlar yozilgandi:</p>
<p>&Allohim! Nimaga ehtiyojim borligini yolg‘iz</p>
<p>o‘zing bilasan. Shuning uchun o‘zimni Senga</p>
<p>taslim etaman. O‘zingga tavakkal, O‘zing</p>
<p>omonat bergan bolalarimning rizqini yetkaz!”. Do‘kondor tosh kabi qotdi-qoldi. Ayol unga</p>
<p>tashakkur aytib, do‘kondan chiqdi. Ayolning</p>
<p>xaridiga kafillik qilgan mijoz bir dasta pulni</p>
<p>do‘kondorga berdi va &Qaytimi kerak emas”,</p>
<p>dedi. Mijoz do‘kondan chiqib ketayotib, tarozi</p>
<p>pallalarining singaniga ko‘zi tushdi. Nima sababdan tarozi pallasi singani va duoning</p>
<p>kuchi naqadar zalvorli ekani yolg‘iz</p>
<p>Allohgagina ma’lum edi… Qissadan hissa shuki: Allohga chin ko‘ngildan qilingan iltijo bu — duodir. Allohning</p>
<p>marhamati keng, astoydil so‘ralgan ezgu niyat</p>
<p>albatta ertami-kechmi ijobat bo‘ladi. Ana</p>
<p>shunday shafoatli kunlarda har birimiz ham</p>
<p>Yaratgandan yaxshi amallarni so‘rab duoga qo‘l</p>
<p>ochaylik!</p>
</section>
</body>
</FictionBook>