Ko‘pchiligimiz tish pastasidan asosan tishlarni tozalashda foydalanamiz. Ammo uning yana boshqa xususiyatlari borligi haqida bilasizmi? * Hasharotlar chaqqanda surtilsa, tezda zaxrini oladi. * Olovdan, issiq suv va bug‘dan kuyganda surtilsa, jarohatni muzlatadi, og‘riqni qoldiradi. * Gelli tish pastalari xurpaygan sochlarni silliqlaydi. * Kiyim va gilamlardagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni oson ketkizadi. * Rangli qalam va flomasterdan devorga chizilgan chiziqlarni o‘chirishda ham tish pastasi eng yaxshi vosita. * Kumush idishlar yuvilsa, tabiiy jilo beradi. * Diskdagi kir va dog‘larni tozalashda ham samarali. * Kirlangan kompyuter klavishlari artilsa, yangidek bo‘ladi. * Kuygan temir idish va chovgumlarni yuvilsa, yaltirab jilo beradi. * Suv ko‘zoynagini namlanishdan himoya qiladi. * Shisha idishidagi choy va ovqat qoldiqlarini, noxush hidlarni oson ketkizadi.