<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Plastikdan plastikka pul qanday o`tkaziladi?</p>
</title>
<section><p>Ba`zilar o`z bank plastik kartochkasidan boshqa birovning plastigiga pul mablag`larini o`tkazilayotganiga guvoh bo`ldim. Ayting-chi, barcha bank plastik kartochkalarida ham shunday imkoniyat bormi? Buning uchun bankka murojaat qilishim kerakmi?</p>
<p>Shohida, Jizzax shahri</p>
<p>Markaziy bank matbuot xizmati:</p>
<p>— O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatimiz tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini keng rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan bir qator qarorlari asosida, respublikamizda to`lovlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish tizimi yaratildi. Mazkur tizim tashkil etilgandan buyon bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasiga mablag`lar ko`chirish respublikamizning barcha tijorat banklarida yo`lga qo`yilgan bo`lib, bugungi kunda bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasiga mablag`lar ko`chirish 2 xil yo`nalishda ya`ni:</p>
<p>*.mijozning arizasiga (arizada mablag` o`tkazilayotgan fuqaroning F.I.Sh., plastik kartochka raqami va bankning rekvizitlari aniq ko`rsatiladi) asosan xizmat ko`rsatuvchi bank filiali orqali (shaxs yoki bankdan qat`iy nazar), bunda bank xizmat haqi undirilmaydi;</p>
<p>*.“On-line” rejimida ishlovchi plastik kartochkalaridan foydalangan holda to`lovlarni masofadan turib, bankka murojaat qilmasdan amalga oshirish imkonini beruvchi “Uzcard”, “Click”, “M- Vank”, “U-Pay”, “Agrobankmobile”, “Mobilsavdo”, “Payme” (mazkur provayderlar mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektlardir) orqali mazkur o`tkazmalarni ham oshirish mumkin, bunda mijoz mazkur provayderlar xizmati haqini to`laydi.</p>
<p>Hozirgi kunda 21 ta tijorat banklari ushbu xizmatlardan foydalanish uchun “Uzcard”, “Click”, “M-Vank”, “U-Pay”, “Agrobankmobile”, “Mobilsavdo”, “Payme” mustaqil aloqa provayderlari bilan shartnoma tuzilgan bo`lib, qolgan banklar ham shartnoma tuzish bo`yicha muzokara olib bormoqda. Mazkur aloqa provayderlarga ro`yxatdan o`tish uchun mobil telefon raqamni ko`rsatib va akkauntga parol o`rnatish lozim. «SMS kodi» kelgandan so`ng uni faollashtirish uchun plastik kartochka raqamini va amal qilish muddatini ko`rsatish zarur. Shuningdek, ushbu aloqa provayderlari xizmatidan foydalanish tartibi bo`yicha to`liq ma`lumotni bevosita ushbu sub`ektlardan olish maqsadga muvofiqdir.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>