Yana qo‘lga olib qalam Sog'inchimni etdim bayon Ichimdagi dardu alam Faqat bir o‘zimga ayon Yuribmanku mehnat qilib Yurtdan olis makonlarda Har kun halol rizqim terib Ishlayapman sovuqlarda Goh mag'lubman goho g'olib Hatto ba'zan bekor qolib Sog'inchimni kuyga solib Yashayapman musofirda Otajonim men yaxshiman Onajonim ishim yengil Akam ukam yuribdimi Qalay o'zi erka singil Qishloq ancha o'zgargandir Chiroy ochib gullagandir Do‘stu jura qadirdonlar Sog‘u salomat yurgandir Bu yerlarda dardkashim yo'q Biror yaqin sirdoshim yo'q Ammo havotir olmanglar Ustim butu qornim ham to'q Yaqin qoldi diydor oni Men qaytaman tugasa qish Sog'indimda vatanimni O‘zimizda ham ko'pku ish 04.11.2019 Muallif: Abdulla Murodulla