Inson immunitetini ko’tarish hususiyatiga ega bo’lgan eng kuchli mahsulotlar ro’yhatining birinchi pog’onasi oddiygina yong’oqqa tegishlidir. Shifokorlar fikricha, insondagi barcha kasalliklarning negizi tushkunlik holatidadir. Magniy esa unga qarshi kurashuvchi kuchli vosita sanaladi va uni yong’oq, mineral suv, yasmiq, no’xat, bodom, dengiz mahsulotlari tarkibida uchratish mumkin. Dengiz balig’i Baliq yurak faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi, tarkibidagi omega-3 yog’ kislotalari, yengil o’zlashtiriluvchi oqsil va aminokislotalar sabab ko’p kasal bo’luvchi insonlarga tavsiya etiladi. Brokkoli Brokkoli infeksiyalarga qrashi kurashishda ajoyib vositadir. Dietologlar uni immun tizimini rag’banlantirish xususiyatiga ega eng kuchli mahsulotlardan biri deb ataydilar. Yogurt Aslida, barcha turdagi sut mahsulotlari tarkibida mikroflora salomatligi uchun kerakli jonli bakteriyalar mavchud. Ammo tabiiy yogurt ularning orasida ham foydalilik jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Kurkuma Kurkuma virusli infeksiyalar bilan a’lo darajada kurasha oladi va tumov, yo’tal, shamollash hamda bosh og’rig’ini yengillashtiradi.