<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Ispan olimlari: “OIVga chalingan bemorlarni davoladik”</p>
</title>
<section><p>Ispan olimlari odam immuntanqisiligi virusi (OIV)ga chalingan olti nafar bemorni o‘zak hujayra ko‘chirib o‘tkazish orqali davolashganini aytishmoqda.</p>
<p></p>
<p>Madriddagi Gregorio Maranon nomidagi klinika hamda Barselonadagi OIVni tadqiq qilish instituti olimlarining hamkorlikdagi izlanishlari natijasi Annals of Internal Medicine nomli tibbiyot jurnalida e’lon qilindi.</p>
<p></p>
<p>Maqolada latent rezervuardagi OIV infeksiyasi kindik va suyak iligidan o‘zak hujayrani ko‘chirib o‘tkazish orqali davolangani aytilgan.</p>
<p></p>
<p>OIVning latent rezurvuari – bu infeksiya yuqqan “uyqudagi” hujayralar guruhi bo‘lib, ularni na dori-darmon, na odamning immun tizimi tuza oladi.</p>
<p></p>
<p>Olti nafar bemor antiretrovirus preparatlarni qabul qilishda davom etmoqda, biroq olimlar ularning organizmi virusdan butkul xalos bo‘ldi degan fikrda.</p>
<p></p>
<p>Ispan olimlarning tadqiqotiga “Berlin bemori” nomini olgan amerikalik Timoti Braun bilan bog‘liq hodisa asos bo‘ldi. U OIVdan qutulgan dunyodagi yagona kishidir. Braunga OIV infeksiyasi tashxisi 1995 yilda qo‘yilgan, 2006 yilda esa u oqqon kasalligiga chalindi. Unga ikki bor suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilgan. 2011 yilda Timoti Braun OIVdan butkul xalos bo‘lganini bildirdi.</p>
<p></p>
<p>Olimlar yangi tadqiqot Braunning kasallikdan qanday qutulganini aniqlashtirishga yordam berishiga umid qilishmoqda.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>